21:41 / 28.08.2018
4 819

Germaniyada Erdoʻgʻonning oltin haykali paydo boʻldi

Germaniyada Erdoʻgʻonning oltin haykali paydo boʻldi
Foto: “RIA Novosti”
Germaniyaning Gessen federal birligiga qarashli Visbaden shahrida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻonning oltin haykali paydo boʻldi. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligiga tayanib Xabar nashri maʼlum qilmoqda.

Erdoʻgʻonning toʻrt metrlik oltin haykali shahar markazidagi maydonga oʻrnatilgan. Haykal “Wiesbaden Biennale” koʻngilochar festivali doirasida oʻrnatilgan.

“Bild” nashrining yozishicha, koʻplab kishilar qoʻlida turk bayrogʻini ushlab, haykal oldida suratga tushishyapti. Erdoʻgʻonga qarshi boʻlgan kishilar esa haykal va uning yonida turli boʻlmagʻur suratlar va yozuvlarni qoldirishmoqda.

Festival Visbadene shahrida 23 avgustdan 2 sentyabrgacha “Yomon xabarlar” shiori ostida davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada Erdoʻgʻonning oltin haykali paydo boʻldi