Rossiya prezidenti Vladimir Putin ichki ishlar vazirligi (IIV), favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV), jazoni ijro etish federal xizmati (FSIN) va tergov qoʻmitasida ishlovchi 15 generalni oʻz lavozimidan boʻshatdi.
Lavozimidan boʻshatilgan generallar orasida Tomsk viloyati favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshligʻi Mixail Begun, Saratov viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Andrey Boyko, Ulyanov viloyati ishki ishlar boshqarmasi boshligʻi Yuriy Varchenko, FSINning Komi boʻyicha boshqarmasi boshligʻi Igor Vaneyev, tergov qoʻmitasining Janubiy harbiy okrug boʻyicha harbiy tergov boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Dmitriy Vasilyev bor.
Bundan tashqari, Murmansk viloyati, Saxalin viloyati favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmalari boshliqlari Vladimir Gusev va Denis Ilinov, tergov qoʻmitasining Kemerovo viloyati boʻyicha tergov boshqarmasi boshligʻi Sergey Kalinkin, Kemerovo viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Igor Korshunov va FSINning Omsk viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi Sergey Koryuchin ham oʻz lavozimidan boʻshatilgan.
Shuningdek, Bryansk viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi Valentin Kuzmin, IIVning axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash departamenti boshligʻi Sergey Lyashenko, Kelishuv-huquqiy departamenti boshligʻi oʻrinbosari Gennadiy Spirin, FSINning Volgograd viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi Pavel Radchenko, Nijegorodsk viloyati ishchki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Grigoriy Tkachenko hamda favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari Vladlen Aksenov oʻz lavozimidan ozod etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi