10:26 / 29.08.2018
7 410

Eʼlonlar saytida oltin konlari sotuvga qoʻyildi

Eʼlonlar saytida oltin konlari sotuvga qoʻyildi
Avito eʼlonlar saytida oltin konlari sotuvga qoʻyildi. Maʼlum qilinishicha, xohlovchilar bir xil narxdagi oltin konlarini nafaqat Rossiya, balki xorijdan ham sotib olishlari mumkin.

Masalan, bir yarim milliard rublga Amur daryosida joylashgan 1445 kvadrat kilometr maydondagi oltin konlari taklif etilmoqda. Bu yerda oltindan tashqari, kumush va molibden zaxiralari ham mavjud. Qimmatbaho metalni qazib olish uchun litsenziya 2030 yilgacha amal qiladi va yana 15-20 yilga uzaytirish mumkin.

Xabarovsk oʻlkasining Ulch tumanidagi oltin konlari 950 million rublga sotuvga qoʻyilgan.

Chelyabinsk viloyatida esa oltin qazib olish bilan shugʻullanuvchi korxona 160 million rublga taklif etilmoqda. Oltoydan 65 million rublga 350 kilogramm tasdiqlangan oltin zaxirasiga ega konni sotib olish mumkin.

150 million rublga Zambiyadagi oltin, mis va boshqa foydali qazilmalar qazish bilan shugʻullanuvchi korxonaning ulushini sotib olsa boʻladi. Qazib olish maydoni qariyb 108 kvadrat kilometr.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eʼlonlar saytida oltin konlari sotuvga qoʻyildi