18:00 / 29.08.2018
6 240

Bogʻcha tarbiyachisi bolani uxlashga yotqizish uchun uni boʻgʻdi (video)

Bogʻcha tarbiyachisi bolani uxlashga yotqizish uchun uni boʻgʻdi (video)
Qozogʻistonning Temirtau shahridagi bolalar bogʻchalaridan birida 50 yoshli xodim uxlashni xohlamagan qizchani boʻgʻdi. Tarbiyachiga nisbatan jinoiy ish ochildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan kadrlardan koʻrish mumkinki, ayol yigʻlayotgan bolaning ustiga chiqib, oʻtirib olgan va boshi uzra adyolni mahkam qisgan. Video ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini dahshatga soldi.

Sanoqli soatlar ichida videorolikka mingga yaqin izoh qoldirildi. Biroq, keyinchalik videoni oʻchirishdi, deya xabar beradi Tengrinews.
Боғчада йиғлаган болани ваҳшийларча қийнашди

Боғчада йиғлаган болани ваҳшийларча қийнашди

Опубликовано Ўзбек видео Вторник, 28 августа 2018 г.

Qaragʻanda viloyati Ichki ishlar departamenti matbuot xizmati ushbu rolikka izoh berdi va gumonlanuvchi aniqlanganini xabar qildi. Ushbu holat boʻyicha Qozogʻiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 140-modda 2-qismi bilan sudga qadar tergov boshlandi.

Ayni paytda tergov ishlari olib borilmoqda. Ekspertizalar belgilangan.

“Politsiya xodimlari tomonidan Instagram ijtimoiy tarmogʻidagi internet-resurslar monitoringi davomida Shok_krg sahifasida video aniqlandi. Unda ayolning bola ustiga adyol tortishi va uni kuch bilan ushlab turishi tasvirlangan. Ushbu holat politsiyada qayd etildi. Politsiya xodimlari tomonidan videoni oʻrganish chogʻida, shahardagi bolalar bogʻchalaridan birining 50 yoshli tarbiyachisi ishda boʻlgan vaqtida ushbu bolani u quloq solmagani va karavotda sakragani tufayli uxlashga yotqiza olmagani, shuning uchun bolaning ustiga adyol tortib, uni kuch bilan ushlab turganini tan oldi. Shuningdek, voyaga yetmagan shaxsning ota-onasi aniqlandi, ular ushbu ayolni javobgarlikka tortish haqida ariza yozishgan. Tafsilotlarni aniqlash chogʻida shu narsa maʼlum boʻldiki, ushbu video joriy yilning may oyida suratga olingan, biroq ijtimoiy tarmoqqa 2018 yilning 27 avgust kuni joylashtirilgan”, - deya xabar berishdi mahkama matbuot xizmatidan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bogʻcha tarbiyachisi bolani uxlashga yotqizish uchun uni boʻgʻdi (video)