20:58 / 30.08.2018
6 710

Qiz ishga kirish uchun “kelin roli”ni oʻynab bergandi, keyin bilsa toʻy haqiqiy boʻlgan ekan

Қиз ишга кириш учун "келин роли"ни ўйнаб берганди, кейин билса тўй ҳақиқий бўлган экан
Gonkonglik qiz ishga kirish uchun kelin rolini oʻynab berdi. Ammo u haqiqiy toʻy boʻlib chiqdi.

21 yoshli gonkonglik qiz firibgarlik qurboniga aylandi: ishga kirish uchun u kelin rolini oʻynadi, ammo bu haqiqiy toʻy boʻlib chiqdi. Hujjatni qizning oʻzi imzolagani tufayli, mahalliy politsiya unga yordam berishdan bosh tortdi, deb yozadi “Hordiq” nashri.

May oyida gonkonglik qiz model agentligiga vizajist ishga olinishi haqidagi eʼlonni oʻqib, rezyume yubordi. Suhbatga kelgan vaqtida unga kattaroq maoshli boshqa lavozim — toʻy tashkilotchiligini maslahat berishdi. Ishni qoʻlga kiritish uchun qiz soxta toʻyda kelin rolini oʻynab berishi kerak edi.

Qiz Fuchjouga borib, u yerda sahnalashtirilgan marosimda qatnashdi va “boʻlajak eri” bilan kelishuvni imzoladi. Gonkongga qaytgach, u nikoh guvohnomasi haqiqiy ekanligi va u rostakamiga turmushga chiqqanidan xabar topdi. Mahalliy politsiya qizning imzosi haqiqiy boʻlgani tufayli, hodisani firibgarlik deb baholay olmasligini aytdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qiz ishga kirish uchun “kelin roli”ni oʻynab bergandi, keyin bilsa toʻy haqiqiy boʻlgan ekan