08:58 / 31.08.2018
5 781

Isroillik yahudiy nima uchun musulmon boʻlganini maʼlum qildi

Isroillik yahudiy nima uchun musulmon boʻlganini maʼlum qildi
Shu kunlarda isroillik yahudiy muxbirlardan biri Maxdi Majid Islom dinini qabul qildi, deya xabar bermoqda Islamnyus sayti.

Avvallari hukumat aʼzolari bilan yaqin munosabatda boʻlgan jurnalist Islom dinini qabul qilishi sababini maʼlum qilar ekan, bunga asosiy sabab rahbarlarning riyokorliklari ekanini taʼkidladi.

“Avvallari men musulmon emasdim. Lekin, hozir Yaratganga shukrlar boʻlsinki, Uning marhamati ila men haqiqatni his qildim va toʻgʻri yoʻlni tanladim”, deydi u.

Maxdi oʻzining Tvitterdagi sahifasida kalimai shahodatni yozib qoldirdi va uning ostiga “Men nohaq qon toʻkuvchi, adolatsiz va johil kishilarga ergashishni istamayman”, deya izoh qoldirdi.

Shu bilan birga Maxdi Majid Isroilni “sionistik davlat” deya atagan. “Men sizlarni Isroil hukumati aʼzolarining chiroyli va shirin soʻzlariga ishonmasliklaringizni soʻrayman. Chunki ular ikkiyuzlamachi, riyokordirlar, ular faqatgina oʻz manfaatlarini oʻylaydilar”, deydi jurnalist oʻz sahifasida.

Manba: muxlis.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroillik yahudiy nima uchun musulmon boʻlganini maʼlum qildi