13:50 / 01.09.2018
3 898

Qodirov “DXR”ga “yordam va qoʻllab-quvvatlovni” vaʼda qildi

Qodirov “DXR”ga “yordam va qoʻllab-quvvatlovni” vaʼda qildi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov oʻzini mustaqil deb eʼlon qilgan “Donesk xalq respublikasi” (“DXR”) aholisi uchun “barcha zarur yordam va qoʻllab-quvvatlov”ni taqdim etishga vaʼda berdi. Bu haqda u oʻz Telegram-kanalida yozgan.

31 avgust kuni Donesk markazidagi restoranda portlash yuz berdi, natijada “DXR” rahbari Aleksandr Zaxarchenko halok boʻldi.

Qodirov roʻy bergan voqeani sharhlar ekan, Zaxarchenko “samimiy va oʻz xalqi sodiq uchun inson” boʻlganini aytdi hamda unga hujumni “makkor va razil jinoyatchilar” amalga oshirganini taʼkidlab oʻtdi.

“Donbass uchun qiyin boʻlgan bu kunda shuni maʼlum qilmoqchimanki, biz har qanday zarur yordam va qoʻllab-quvvatlovni taqdim etishga tayyormiz, sizlarni muammo bilan yakkama-yakka qoldirmaymiz!” - deya qayd etib oʻtdi Checheniston rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qodirov “DXR”ga “yordam va qoʻllab-quvvatlovni” vaʼda qildi