09:58 / 02.09.2018
4 407

AQSHning Sobiq ittifoqni yoʻq qilish boʻyicha rejalari oshkor qilindi

AQSHning Sobiq ittifoqni yoʻq qilish boʻyicha rejalari oshkor qilindi
AQSH 1960-yillarda Sobiq ittifoq va Xitoyni yetakchi sanoat davlatlari sifatida yoʻq qilish rejasini tayyorlagan. Bunda amerikalik harbiylar ushbu davlatlar fuqarolarini ommaviy qirish imkoniyatini koʻrib chiqqanlar. Bu haqda “Milliy xavfsizlik arxivi” notijorat tashkiloti saytida eʼlon qilingan sharhda aytilgan.

Tadqiqotchilar 1964 yildagi Yagona integratsiyalashgan tezkor reja (SIOP) hujjatlariga eʼtibor qaratishgan. Ularda Sobiq ittifoq sanoat salohiyatining 70 foizini yoʻq qilish zarurligi aytilgan.

Bunda AQSH aholining ommaviy qirgʻini imkoniyatiga yoʻl qoʻygan. 1961 yildagi hisob-kitoblarga koʻra, SIOP rejasiga koʻra zarba berilishi ittifoq shaharlarining 71 foiz aholisining, 1962 yildagi hisob-kitoblarga koʻra esa 70 mlnlik aholisining yoʻq qilinishini koʻzda tutgan.

Shu bilan birga AQSH shtablari boshliqlari qoʻmitasi Sobiq ittifoq ustidan gʻalabaning bosh mezoni sifatida aholini yoʻq qilish gʻoyasini koʻrib chiqqan.

SIOP AQSH qurolli kuchlari tomonidan yadro qurolini jangovar qoʻllash boʻyicha batafsil tartib-qoidalarni tashkil etuvchi tezkor hujjatlar maxfiy majmuasi hisoblanadi.

2015 yil dekabrda AQSHning arxivlar va hujjatlar bosh boshqarmasi AQSHning 1959 yildagi atom bombardimonlarining ehtimoliy nishonlari roʻyxatini oshkor qilgan. Bu roʻyxat oʻz ichiga Sobiq Ittifoq, Sharqiy Yevropa va Xitoydagi yuzlab joylarni oʻz ichiga olgan. Ular orasida Moskvadagi 179 ta, Sankt-Peterburgdagi 145 ta va Sharqiy Berlindagi 91 ta nishon boʻlgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHning Sobiq ittifoqni yoʻq qilish boʻyicha rejalari oshkor qilindi