22:30 / 02.09.2018
3 725

Erdoʻgʻon xalqaro savdoda dollar ustunligiga chek qoʻyishga chaqirdi

Erdoʻgʻon xalqaro savdoda dollar ustunligiga chek qoʻyishga chaqirdi
Foto: “AA.com”
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon Bishkekda boʻlib oʻtgan Turkiya-Qirgʻiziston biznes-forumida ishtirok etib, oʻz nutqida xalqaro savdoda dollarning ustunligiga chek qoʻyishga chaqirdi.

“Xalqaro savdoda milliy valyutalardan foydalanib, dollarning ustunligiga chek qoʻyish zarur”, - dedi Erdoʻgʻan.

Uning fikricha, goʻyoki savdoni osonlashtirish uchun yaratilgan dollarga bogʻlangan tizim bugunga kelib eng katta muammoga aylangan. “Savdo urushlari va proteksionizm koʻp jabhalarda yangi strategiyalarni qoʻllashga majbur qiladi. Valyuta kurslarini manipulyatsiya qilishdan maqsad kuchli va sogʻlom turk iqtisodiyoti borasida ikkilanishga majbur qilishdir”, - taʼkidlagan prezident.

“Maqsad - Turkiya iqtisodiyotiga zarba berish. Ammo hukumat tomonidan amalga oshirilgan choralar va turk xalqining qatʼiy pozitsiyasi sabab bu urinish natida bermadi”,- deya qoʻshimcha qilgan Erdoʻgʻon.

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi paytda Vashington va Anqara oʻrtasidagi munosabatlarida keskinlik kuzatilmoqda. Xususan, bunga amerikalik ruhoniy Endryu Bransonning Turkiyada uy qamogʻida saqlanayotgani ham sabab boʻldi.

Avvalroq, Erdoʻgʻon barcha Amerika texnik qurilmalaridan voz kechishga chaqirgan edi.

Kuni kecha Tramp ham oʻz intervyusida Erdoʻgʻondan xafsalasi pir boʻlganini aytgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdoʻgʻon xalqaro savdoda dollar ustunligiga chek qoʻyishga chaqirdi