13:33 / 03.09.2018
4 445

Germaniya tashqi ishlar vaziri AQSHni boʻgʻma ilon bilan solishtirdi

Germaniya tashqi ishlar vaziri AQSHni boʻgʻma ilon bilan solishtirdi
Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas Yevropa ittifoqi va AQSH oʻrtasidagi munosabatlarga izoh berdi. Bu haqda Kun.uz xabar qilmoqda.

Uning soʻzlariga koʻra, agar AQSH sanksiyalari joriy etilsa, Yevropa ittifoqi AQSH bilan munosabatlarda “boʻgʻma ilon oldidagi quyon singari” oʻzini tutmasligi kerak.

Shuningdek, uning qoʻshimcha qilishicha, hozirgi vaqtda Yevropaning ajralmasligi haqida gap ketayotgani yoʻq.

Maasning taʼkidlashicha, Yevropa ittifoqi qarorlar qabul qilishning yagona tamoyilidan voz kechishi kerak.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Yevropa ittifoqini yoʻq qilib tashlash” haqida orzu qilayotganini bildirgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya tashqi ishlar vaziri AQSHni boʻgʻma ilon bilan solishtirdi