16:43 / 03.09.2018
5 311

Putinning Poroshenkoga tahdidi haqida yangi maʼlumotlar paydo boʻldi

Putinning Poroshenkoga tahdidi haqida yangi maʼlumotlar paydo boʻldi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Rossiya 1” telekanaliga bergan intervyusida Vladimir Putinning ukrainalik hamkasbi Pyotr Poroshenko bilan 2015 yildagi “normand toʻrtligi” uchrashuvidagi muzokaralari haqida yangi maʼlumot berdi. Peskovning soʻzlari RIA Novosti tomonidan keltirilgan.

Suhbat chogʻida Kreml rasmiy vakilidan muzokaralarda ishtirok etgan Fransiya sobiq prezidenti Fransua Ollandning xotiralariga izoh berish soʻraldi. Fransiya sobiq prezidenti Putin Poroshenkoga tahdid qilgani haqida yozgandi.

“Mushkul muzokaralar vaqtida hamda Ukrainada Poroshenko tomonidan keltirib chiqarilgan jangovar harakatlar davomida Putin, albatta, unga yoqimli soʻzlarni aytmagan. Siz tasavvur qilishingiz mumkinki, Putin qattiq, aniq va juda tushunarli tarzda gapirgan. Lekin, albatta, bunday tahdid boʻlmagan”, - deya maʼlum qildi Peskov.

Ollandning “Hokimiyat saboqlari” deb nomlangan xotira kitobi 2018 yilda nashr etildi. Ukrainaning Gordon.ua nashri kitobdan baʼzi qismlar tarjimalarini keltirdi. Xususan, Minskda Rossiya, Ukraina, Fransiya va Germaniya rahbarlarining uchrashuvi tasvirlangan parchalar ham taqdim etilgan.

“[Ukraina prezidenti Pyotr] Poroshenko va Putin muntazam ravishda bir-biriga baland ovozda gapirdilar. Rossiya prezidenti shunchalik asabiylashdiki, oʻz hamkasbini yanchib tashlash bilan tahdid qila boshladi. Bu Ukraina sharqida rus qoʻshinlari borligini isbotlab berdi. Putin birdan oʻziga keldi va hissiyotlarini qoʻlga oldi”, - deb yozadi Olland.

“Poroshenko oʻz mamlakatining suverenitetini qatʼiyat bilan himoya qildi, Putin esa baʼzi viloyatlar uchun muxtoriyatga erishmoqchi hamda oʻt ochishni toʻxtatish rejimini yana uch haftaga ortga surmoqchi edi. U juda qatʼiy edi, ayirmachilar rahbarlari bilan bevosita aloqasi yoʻqligini taʼkidlab, ular uchun qaror qabul qila olmasligini aytdi va ular bilan maslahatlashishni talab qildi”, - deya davom etadi Fransiya sobiq prezidenti.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Putin Poroshenkoga tahdid qilgani haqida maʼlumotlar paydo boʻlgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putinning Poroshenkoga tahdidi haqida yangi maʼlumotlar paydo boʻldi