10:20 / 04.09.2018
4 176

Xitoy Afrika davlatlariga 60 mlrd dollarlik moliyaviy yordam ajratadi

Хитой Африка давлатларига 60 млрд долларлик молиявий ёрдам ажратади
Xitoy raisi Si Szinpin Afrika davlatlariga 60 mlrd dollarlik moliyaviy yordam ajratishni taklif qildi. Bu haqda Xitoy-Afrika hamkorligi forumidan Reuters axborot agentligi maʼlum qildi.

Bu mablagʻdan 15 mlrd dollarini foizsiz va imtiyozli kreditlar hamda shundoq ajratish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, Afrika davlatlariga 20 mlrd dollarlik kredit liniyasi taqdim qilinadi. 10 mlrd dollar Xitoy va Afrikani rivojlantirish maxsus jamgʻarmasi orqali, 5 mlrd dollar esa Afrika importini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi orqali ajratiladi. Qolgan 10 mlrd dollarni Xitoy kompaniyalariga 3 yil davomida investitsiya qilish taklif qilingan. Bundan tashqari, Xitoy Afrikaning nochor davlatlaridan hisob-kitob qilish muddati 2018 yilda yakunlanuvchi davlat qarzlarini kechib yuboradi.

“Xitoy-Afrika hamkorligi Xitoy va Afrika odamlariga koʻrish va his qilish mumkin boʻlgan foyda va muvaffaqiyat taqdim qilishi kerak”, deb aytgan Xitoy raisi.

Si Szinpin Xitoy Afrikada ekologiya sohasida 50 ta loyihani amalga oshirib, atrof-muhitni saqlash va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashga eʼtibor qaratadi. U, shuningdek, Xitoy Afrika ittifoqiga bepul harbiy yordam taqdim qilishni davom ettirib, tinchlik va xavfsizlik jamgʻarmasini tashkil qilishga vaʼda bergan.

Jon Xopkins universitetining istiqbolli xalqaro tadqiqotlar maktabi maʼlumotlariga koʻra, Xitoy 2000 yildan 2016 yilgacha davr ichida Afrikaga 125 mlrd dollarga yaqin mablagʻ ajratgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy Afrika davlatlariga 60 mlrd dollarlik moliyaviy yordam ajratadi