23:05 / 04.09.2018
3 934

Poroshenko Londondan Kiyevga oddiy yoʻlovchi samolyotda uchib keldi

Poroshenko Londondan Kiyevga oddiy yoʻlovchi samolyotda uchib keldi
British Airways reysining gʻayrioddiy yoʻlovchisi haqida Facebook foydalanuvchisi Katerina Kozoriz yozdi: “Doʻstlar, bugun Londondan Kiyevga British Airways samolyotida uchib keldik va gʻayrioddiy yoʻlovchini koʻrib hayron qoldik. U barchaga tabassum qildi, yuklarini yukxonaga oʻzi joyladi va oddiyligi bilan hayratda qoldirdi”.

Petr Poroshenko Jon Makkeynning taʼziya marosimida ishtirok etib AQSHdan qaytayotgan boʻlgan.

Ukraina prezidentining aviatsiya parki uchta: A-319-115, An-74TK-300D, An-148 samolyoti va Mi-8MTV-1 vertolyotidan iborat. Segodnya.uaʻning xabar berishicha, AQSHga tashrif shaxsiy maqsadda boʻlgani sababli Poroshenko oddiy yoʻlovchi samolyotdan foydalangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Poroshenko Londondan Kiyevga oddiy yoʻlovchi samolyotda uchib keldi