21:55 / 05.09.2018
3 896

Amerikaliklar Nike krossovkalarini yoqishmoqda. Barchasi Kapernik tufayli (foto)

Amerikaliklar Nike krossovkalarini yoqishmoqda. Barchasi Kapernik tufayli (foto)
Shu kunlarda tvitterda #JustBurnIt heshtegi ommalashdi. Ayniqsa AQSHda odamlar bu heshtegni ilova qilgan holda sahifalariga Nike firmasiga tegishli krossovkalarini yoqishayotgani tasvirlangan video va suratlar joylashmoqda.

Nike ishlab chiqargan paypoqlarini yirtib suratini shunday heshteg bilan dunyoga tarqatayotganlar ham uchrab turibdi.

Xoʻsh, mashhur Nike firmasi nima ish qildiki, amerikaliklarning bu qadar nafratiga sabab boʻldi?

Xullas, hammasi aslida 2016 yilda boshlangandi. Amerikalik mashhur futbolchi (amerikancha futbol nazarda tutilmoqda - tahr.) Kolin Kapernik 2016 yilgi oʻyinlardan birida gʻalati ishga qoʻl uradi. U oʻyindan oldin AQSH madhiyasi yangrayotganda oʻrnidan turmaydi va shu tarzda mamlakatdagi qora tanli afroamerikaliklarga nisbatan yomon munosabatda boʻlishayotganiga norozilik bildiradi.

Foto: Thearon W. Henderson / Getty Images
Kapernikning bu “isyoni” qolgan afroamerikalik futbolchilar orasida mashhur boʻlib ketadi. Bu mojarolardan keyin Nike oʻz reklamalariga Kolin Kapernikni chiqarmay qoʻyadi. Kompaniya futbolchi bilan shartnomani bekor qiladi. Uni hech bir klub oʻz safida koʻrishni istamaydi. Chunki AQSHda koʻpchilikni tashkil etadigan millatchilar qatlami mamlakat madhiyasini hurmat qilmagan Kapernikdan nafratlanib qolishgandi.

Yaqinda Nike Kapernik koʻpchilikning yodidan chiqib ketgan degan xayol bilan uni yana kompaniya maxsulotlari reklamasiga jalb qiladi. Nike shu kunlarda mashhur shiori “Just Do It”ning 30 yilligini nishonlamoqda. Kapernik aynan mana shu shior reklamasida qatnashadi. Kolindan tashqari Nike qator qora tanli sportchilar, jumladan, Lebron Jeyms va Serena Uilyamsni ham “Just Do It” reklamalariga jalb qildi.

Mamlakat madhiyasini hurmat qilmaydigan sportchining reklamaga olib chiqilishi esa amerikaliklarga yoqmaydi. Shu sabab ular “Just Do It”ning yubileyi davom etayotgan bir vaqtda Nikeʻning mashhur shioriga qiyofadosh tarzda #JustBurnIt (Tezda yoqib yubor) heshtegini ommalashtirishadi. Kapernik va yoqish soʻzlari esa bizga beixtiyor 15-16-asrlarda yashab oʻtgan olim Nikolay Kopernikni eslatadi. Kopernikni yoqib oʻldirishmaydi, lekin u kabi koʻplab olimlarni yoqish oʻsha vaqtda tez-tez kuzatilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikaliklar Nike krossovkalarini yoqishmoqda. Barchasi Kapernik tufayli (foto)