07:01 / 07.09.2018
4 689

Antibiotiklar amerikalik ayolning tilida “moʻy oʻsishi”ga olib keldi

Antibiotiklar amerikalik ayolning tilida “moʻy oʻsishi”ga olib keldi
AQSHda tilida “moʻy oʻsib ketgan” ayol davolandi. Science Alert nashrining xabar qilishicha, kamdan-kam uchraydigan kasallik ayolda antibiotiklar qabul qilgandan keyin paydo boʻlgan.

55 yoshli ayol avtohalokatdan keyin shifoxonaga tushgan. Uning oyogʻidagi jarohat yiringlab ketgan. Infeksiyaning tarqalishi oldini olish uchun shifokorlar ayolga “Minotsiklin” antibiotigidan bir necha inyeksiya kiritishgan. Bir hafta oʻtgach ayolning tili qorayib, sochga oʻxshash oʻsimtalar bilan qoplangan. Ayol koʻngil aynish va bemaza taʼmdan shikoyat qilgan.

Uni davolayotgan shifokor Yasir Xamad 20 yillik faoliyati davomida bunday holatning birinchi marta guvohi boʻlgan. U karaxt holga tushgan ayolni ushbu kasallik vahimali koʻrinishga ega boʻlsa-da, tuzatsa boʻladiganligiga ishontirgan. Xamad ayolni boshqa antibiotikka oʻtkazgach, ayolning tili bir oydan keyin yana avvalgi pushti holiga qaytgan.

Ayol uchragan kasallik lingua villosa nigra yoki “qora til” deb ataladi va kam uchraydi. Tildagi “moʻylar” aslida tilning sirti tashkil topgan ipsimon soʻrgʻichlarning yalligʻlanishi hisoblanadi. Sogʻlom kishida ularning oʻlchami taxminan bir millimetrni tashkil qiladi, kasal odamda esa soʻrgʻich 18 mm gacha kattalashishi mumkin. Ularda ovqat tiqilib qolib, chiriy boshlaydi va til jigarrang-qora rangga kiradi.

Olimlar ushbu kasallikni nima keltirib chiqarishini hanuzgacha bilmaydilar. Statistikaga koʻra, bu kasallik chekuvchilar va ogʻzining gigiyenasi ortidan yaxshi kuzatmaydigan yoki ogʻizni chayish uchun oʻta kuchli vositalar qoʻllovchilarda paydo boʻladi. Ushbu kasallikni davolash uchun turli usullar qoʻllanadi: bemordan koʻproq suyuqlik ichish, chekishdan voz kechish, tilni maxsus chyotka bilan yuvish yoki unga retinoidlar yoxud salitsil kislota surtish talab qilinadi. Baʼzida jarrohlik aralashuvi talab etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Antibiotiklar amerikalik ayolning tilida “moʻy oʻsishi”ga olib keldi