10:56 / 07.09.2018
4 043

Shimoliy Koreya yetakchisi AQSH hukumatiga maktub yubordi

Shimoliy Koreya yetakchisi AQSH hukumatiga maktub yubordi
KXDR yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreyalik maxsus vakili orqali AQSH hukumatiga maktub berib qoʻyishni soʻradi.

Ular Pxenyanda uchrashdilar. Uchrashuvdan soʻng u Kim Chen In Koreya yarim orolining yadro qurolidan xoli hudud qilish masalasida hech qanday siljish yoʻqligi haqida Vashingtonning fikriga norozi ekanligini maʼlum qildi.

Shuningdek, KXDR yetakchisi Pxengeri poligoni toʻxtalishi mamlakat yangi yadroviy tadqiqotlarni amalga oshirish imkonidan mahrum boʻlganligini maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, xalqaro hamjamiyati Pxenyan qadamlarini toʻliq baholamadi.

Shu bilan birga, Kim Chen In 2021 yil yanvar oyida Donald Tramp prezidentlik vakolati tugashiga qadar yarimorolda vaziyat tartibga solinishi va AQSH bilan munosabatlar normallashtirish jarayoni yakunlanishiga umid bildirdi.

Shuningdek, u Koreya yarimorolida urushni tugatish toʻgʻrisidagi rasmiy kelishuv mintaqada Amerika qoʻshinlari ishtiroki bilan bogʻlamaganligini ham qoʻshimcha qildi.

Keyinchalik, Tramp ham Seuldagi maxsus vakil orqali shimoliy koreyalik hamkasbiga maktub yuborganligi maʼlum boʻldi.

Shimoliy Koreyadan Kim Chen In “prezident Trampga qatʼiy ishonchi”ni eʼlon qildi. Rahmat, rais Kim. Buni birga amalga oshiramiz!”, - deb yozdi AQSH yetakchisi oʻzining Twitter-akkauntida.

AQSH va KXDR sammiti tarixda birinchi marta 12 iyunda Singapurda oʻtkazilgandi. Unda Tramp va Kim Chen In uchrashdilar. Uchrashuv yakuni boʻyicha Tramp KXDR bilan hujjat imzolangani va Koreya yarim oroli yadro qurolidan xoli hudud qilish jarayoni tez amalga oshirishini maʼlum qilgandi. Shimoliy Koreya rahbari oʻz navbatida, sammit yakuniy hujjatining imzolanishi ikki davlat oʻrtasida munosabatlarida yangicha start berilganligi va kelajakda katta oʻzgarishlar boʻlishiga vaʼda berdi.

Biroq bundan keyin KXDRning yadrodan voz kechish boʻyicha koʻrilgan choralar haqida hech qanday xabarlar kelmagan. Bu Trampning noroziligiga sabab boʻldi. Avgust yakunida AQSH prezidenti davlat kotibi Mayk Pompeoga KXDRga rejalashtirilgan tashrifni qoldirish haqida topshiriq berganligini maʼlum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreya yetakchisi AQSH hukumatiga maktub yubordi