19:43 / 09.09.2018
5 932

Hajda qaynotasini yelkasida olib yurdi (foto)

Hajda qaynotasini yelkasida olib yurdi (foto)
Turkiyaning Trabzon viloyatlik Murod Erbay bu yil turmush oʻrtogʻi, 76 yoshli onasi va 90 yoshli qaynotasi bilan haj ziyoratiga bordi.

Ibodat amallarini bajarish chogʻida keksalar qiynalgani tufayli Murod Erbay onasi uchun gʻildirakli aravachani ijaraga oldi, qaynotasini esa yelkasida mindirib yurdi.

“Alloh shunday kuch berdiki, qaynotamni yelkamda olib yurganimda mendan hatto ter ham chiqmadi, ikkimiz ham ibodatlarni osonlik bilan bajardik, – dedi 53 yoshli Erbay “Anadolu” agentligi muxbiri bilan suhbatda. – Onam ham meni koʻp duo qildi. Oʻzi ham yigʻladi, meni ham yigʻlatdi”.

Uning fikricha, haj ibodatini yosh paytda qilgan maʼqul:

“U yerlarga ayniqsa yoshlarimizning borishini Alloh nasib qilsin. Men ham yoshdirman, lekin yana ham yoshroq paytda – 20, 30, 40 yoshlarda borish kerak. Keksalar charchab qolishadi, xafa boʻlishadi”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hajda qaynotasini yelkasida olib yurdi (foto)