09:27 / 11.09.2018
4 649

Erkak qiyofadoshi sabab 17 yil qamalib chiqdi

Erkak qiyofadoshi sabab 17 yil qamalib chiqdi
42 yoshli kanzaslik Richard Djons 17 yil oldin qilmagan ishi uchun hibs olingan va 19 yilga qamalgandi. Maʼlumotlarga qaraganda, u doʻkonda bir ayolni urib, uning telefonini oʻgʻirlagan ekan. Bu haqda “Hordiq” nashri xabar berdi.

Ozodlikka chiqqishiga ikki yil qolganda Richard haqiqiy aybdorning u bilan birga bir turmada oʻtirganini bilib qoladi. Mahkum bu safar boshqa qilgan jinoyati uchun jazo oʻtayotgan edi.

Buni qarangki, ular bir xil boʻlib chiqishdi, xuddi egizaklar kabi. Bu haqda bilgach, Richard “Innocence Project” tashkilotiga murojaat qildi va ularning yordami bilan aybsizligini isbotladi.

Jons 2017 yilda ozodlikka chiqarildi. 2018 yilda avgust oyi oxirida esa u sudga qarshi ariza berdi va ulardan 1 mln dollar miqdorida tovon puli, bundan tashqari, qizlarining bepul oʻqishini taʼminlashni talab qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erkak qiyofadoshi sabab 17 yil qamalib chiqdi