06:00 / 11.09.2018
5 216

Yevropaning eng baland binosiga chaqmoq urishi foydalanuvchilarni hayratlantirdi (video)

Yevropaning eng baland binosiga chaqmoq urishi foydalanuvchilarni hayratlantirdi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari yaqinda Sankt-Peterburgda yuz bergan momaqaldiroq lavhalarini faol muhokama qilishmoqda. Ularda poʻrtana vaqtida shaharda qurilayotgan “Laxta Sentr”ning yashinqaytargichiga chaqmoq urishi hayrat uygʻotgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu holatning koʻplab suratlari va videosi paydo boʻlgan.

“Kecha ikki soatcha tabiatning qudrati va goʻzalligi ortidan kuzatdik. Uxlashga yotganimizda chaqmoq hali ham davom etayotgandi”, deb izoh bergan tabiat hodisasiga foydalanuvchilardan biri.

Qolgan izohlar orasida “Naqadar chiroyli!”, “Tabiatimiz naqadar qudratli!”, “Anchadan beri kopterimni uchirmagandim, biroq bu yerda Zevsning oʻzi buni buyurdi” degan izohlar boʻlgan.

Sankt-Peterburgning Laxta degan joyida qad rostlayotgan “Laxta Sentr” binosi balandligi 462 metrni tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropaning eng baland binosiga chaqmoq urishi foydalanuvchilarni hayratlantirdi (video)