10:26 / 11.09.2018
5 499

Sevgilisi tashlab ketgan er… (yoxud “Uzukni qaytar, nomard!!!”)

Sevgilisi tashlab ketgan er… (yoxud “Uzukni qaytar, nomard!!!”)
Amerikada ikki sevishgan orasida davom etgan sud jarayoni nihoyat yakunlandi. Ushbu sud jarayoni oz emas, koʻp emas, 5 yil davom etdi. Bahona esa… Har qanday odamning bir kulgisini qistatadi, bir ensasini qotiradi. Keling, voqeani boshdan boshlay qolaylik.

2011 yili Nyu-Yorkda yashovchi 54 yoshli Rodni Ripli oʻzining 50 yoshli sevgilisi Jennifer Rattenga qalbini ochdi. Qoʻlini soʻradi. Sevgilisi rozi boʻldi. Baxtdan yorilayozgan qalliq Jenniferga uch karatli, brilliant koʻzli, bahosi 39 ming dollarlik nikoh uzugini hadya etdi. Lekin oradan ikki yil oʻtgach, Jennifer Riplini tashlab ketdi. Shunda erkak nikoh uzugini qaytarishni talab qildi. Ayol xohlamadi. Shunda achchiqlangan Ripli oliy sudga endi sobiq sevgilisi ustidan shikoyat arizasini taqdim etdi. Ha, ular besh yil davomida sudlashishdi.

Oldiniga Jennifer uzukni egasiga qaytarishni sira xohlamagandi. Mamlakat qonunlariga qarshi bora olmadi. Amerika qonunlariga koʻra, agar erkak va ayol rasman nikohdan oʻtmagan boʻlsa-yu, ajrashishga qaror qilsa, nikoh uzugini qaytarishi yoki belgilangan narxini toʻlashi lozim ekan. Ayol besh yildan keyin nikoh uzugini qaytarib berdi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sevgilisi tashlab ketgan er… (yoxud “Uzukni qaytar, nomard!!!”)