11:28 / 11.09.2018
9 188

Ichkilikbozlik sabab aholisi eng koʻp vafot etayotgan davlat maʼlum qilindi

Ichkilikbozlik sabab aholisi eng koʻp vafot etayotgan davlat maʼlum qilindi
Xitoy alkogol isteʼmoli sabab eng koʻp yuz beradigan oʻlim holatlari boʻyicha eng yuqori koʻrsatkichni qayd etgan mamlakatga aylandi. Bu haqda Global Times gazetasi The Lancet tibbiyot jurnalida eʼlon qilingan ekspert maʼlumotlariga asosan xabar bermoqda, deb yozadi Kun.uz nashri.

Taʼkidlanishicha, 2016 yilda Xitoyda spirtli ichimliklar bilan bogʻliq muammolar tufayli 59 ming ayol va 650 ming erkak vafot etgan. Reytingda ikkinchi oʻrinni 42 ming ayol va 290 ming erkak hayotdan koʻz yumgan Hindiston egalladi. Rossiya uchlikka yakun yasab berdi: bu yerda 43 ming ayol va 180 ming erkak spirtli ichimliklarni isteʼmol qilishdan vafot etgan.

Jurnal maʼlumotlariga koʻra, aholisi soni Rossiyadan qariyb ikki barobar koʻp boʻlgan AQSH reytingda beshinchi oʻrinni egallab turibdi – u yerda spirtli ichimliklar tufayli 19 ming ayol va 71 ming erkak vafot etgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ichkilikbozlik sabab aholisi eng koʻp vafot etayotgan davlat maʼlum qilindi