18:42 / 11.09.2018
5 675

AQSHda rossiyalik harbiylarning oʻlda-joʻlda ish qilishidan kulishdi (video)

AQSHda rossiyalik harbiylarning oʻlda-joʻlda ish qilishidan kulishdi (video)
AQSHdagi Business Insider nashri Rossiya harbiy texnikasi, birinchi navbatda, T-34 va T-72 tanklari bilan bogʻliq turli hodisalar tasvirlangan qator roliklarni bir kadrga jamlab chiqdi. Shuningdek, videoda ustunga kelib urilgan Belarus tanki va koʻprik bilan toʻqnashgan Rossiya kemasini koʻrish mumkin.

Business Insider tanlagan roliklar orasida Kurskda avgust oyida yuz bergan holat ham bor - T-34 tanki Kursk doʻgʻasidagi gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan paraddan soʻng platformada harakatlanib, yuk ortuvchi oʻziyurar mashinadan tushib ketgan. 1943 yilda ishlab chiqarilgan mashina Leningrad oblastidan olib kelingan boʻlib, u harbiy texnika kolonnasini boshqargan.

“Savol paydo boʻladi: rossiyalik harbiylar bilan nima yuz bermoqda? Yomon taʼlim? Beparvolik? Harbiy paradlarning koʻpligi? Shunchaki tasodif? Yoki bularning bari birdaniga?” - deya savollar bilan murojaat qilgan nashr.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Uzoq Sharqda Rossiya tarixidagi eng katta harbiy mashqlar boshlangani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda rossiyalik harbiylarning oʻlda-joʻlda ish qilishidan kulishdi (video)