09:54 / 12.09.2018
6 405

AQSHda it oʻz qiziga nisbatan jinsiy zoʻravonlikda ayblangan erkakni qamoqdan qutqarib qoldi

AQSHda it oʻz qiziga nisbatan jinsiy zoʻravonlikda ayblangan erkakni qamoqdan qutqarib qoldi
Avvaliga yoʻqolib qolgan va keyinchalik topilgan it, Oregon shtatidan boʻlgan ishchiga sud tomonidan oqlanishiga yordam berdi. Bu fuqaro oʻzining qiziga nisbatan jinsiy zoʻravonlikda ayblangan. Bu haqda Oregon Innocence Project jamoat tashkiloti xabar qiladi.

“Bugun mijozimiz Josha Xornerga qarshi ayblov xulosasi prokuror Jon Xammelning talabnomasiga asosan bekor qilindi. Janob Xorner oʻz qiziga nisbatan jinsiy zoʻravonlik harakatlarini sodir etishda sud hayʼati yakdil qarori bilan aybdor deb topilgandi. U bu jinoyatni sodir etmagan”, - deb taʼkidladi tashkilot vakili.

Xorner 50 yillik qamoq jazosini oʻtashni boshlab, jamoat tashkilotiga huquqiy yordam uchun murojaat qilgan.

Ushbu jinoyat ishida hech qanday DNK izlari, moddiy ashyolar, guvohlar boʻlmagan, faqatgina ayblanuvchining voyaga yetmagan qizining koʻrsatmalari boʻlgan xolos. Faollar maʼlum qilishicha, avval ham bu qiz onasi tomonidan tahqirlanishi boʻyicha shikoyat qilgan, ular oʻz tasdigʻini topmagan. Bundan tashqari, qiz uni qoʻrqitish maqsadida otasi oilaga tegishli boʻlgan Lyusi laqabli labrador itni otib tashlaganligi haqida koʻrsatma bergan.

Biroq, it topildi. Ayblanuvchining avval bergan koʻrsatmalariga koʻra, u tirik ekan.

“Lyusi laqabli it otib tashlanmagan ekan. Lyusi tirik va sogʻligʻi yaxshi. Meni mutaxassisim va Oregon Innocence Project mutaxassisi Lyusini topishdi, uni tasdiqlashdi, u bilan ancha vaqt oʻtkazib, uni rasmga olishdi”, - deb taʼkidladi prokuror sudga.

It qayerda topilganligi maʼlum qilinmadi.

Shuningdek, prokuror ayblanuvchining jinoyat sodir etmaganiga toʻliq ishonch hosil qila olmasligini maʼlum qilgan.

Ammo prokuror voyaga yetmagan qiz guvohlik berayotganda notoʻgʻri koʻrsatma berganligi oʻz tasdigʻini topdi. Sudya barcha dalillarga rozi boʻldi, ish yopildi va Xorner ozod qilindi.

“Biz turmush oʻrtogʻim Kelli bilan buzilgan hayotimizni qayta tiklashga harakat qilishga tayyormiz”, - dedi u ozod boʻlgandan keyin.

Xorner noodatiy yoʻl tutib, yangi ochilgan holatlar asosida ishni yopishga talabnoma kiritganligi uchun prokurorga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda it oʻz qiziga nisbatan jinsiy zoʻravonlikda ayblangan erkakni qamoqdan qutqarib qoldi