13:15 / 12.09.2018
5 538

Joniga qasd qilish, “Qul qilib ishlatish, ofitserlar loqaydligi… (yoxud Qirgʻiziston armiyasidagi oʻzboshimchaliklar)

Joniga qasd qilish, “Qul qilib ishlatish, ofitserlar loqaydligi… (yoxud Qirgʻiziston armiyasidagi oʻzboshimchaliklar)
“JONING OMONAT-KU, BOLAM!!!”

Keyingi paytlarda haqiqatan Qirgʻiziston qurolli kuchlari safida qonunbuzarliklarga yoʻl qoʻyilayotgani haqida matbuot sahifalari orqali koʻp yoziladigan boʻldi. Masalan, oxirgi voqeani olaylik. Shu yilning oʻzida mamlakat konvoylashtirish va qoʻriqlash xizmati departamentida uchta baxtsiz hodisa yuz bergan. Ularning ikkitasi askarlar oʻlimi bilan yakun topgan.

2018 yil 6 iyunida shu departamentda harbiy xizmatni oʻtayotgan askar qoʻlidagi avtomat yordamida oʻz joniga qasd qilgan. Ammo marhum askarning yaqinlari bu haqda hech qaysi yuqori tashkilotga arz qilishgani yoʻq. Bu masalada tergov ham tashkil etilmadi.

Aynan shu departamentning yana bir askari oʻz joniga qasd qildi. U ham hojatxonaga kirib qoʻlidagi avtomatdan oʻzini otgan. Marhum endi 18 yoshni qarshilagandi.

Yana bir voqea Moldovanovka qishlogʻida joylashgan №1 koloniyada sodir boʻlgan. Harbiy xizmatni ado etayotgan askar qoʻlidagi quroldan oʻziga qarata oʻq uzgan. Xayriyat, jarohat jiddiy boʻlib chiqmadi. Vrachlar uni hayotga qaytara olishdi. Kasalxonadan chiqqach, xizmatni davom ettirdi.

VЕRTOLYOT, FALOKAT… JABRDIYDALAR DARDINI KIMGA AYTSIN?

2018 yil 9 iyulida togʻli hududda Qirgʻiziston qurolli kuchlariga qarashli vertolyot qulab tushgan. Vertolyotda jami olti kishi boʻlib, ularning uch nafari sayyohlar edi. Hammalari jiddiy jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizildi. Harbiy prokuratura ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatdi. Lekin yuqori lavozimli shaxslarning birontasi javobgarlikka tortilmagan. Vertolyotdan esa qulab tushgach, nom-nishon qolmagan.

POGON TAQQAN “QULLAR”

2018 yil iyunida Qirgʻiziston harbiy prokuraturasi huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari bilan birga Qoʻy-Tosh qishlogʻida joylashgan 73809- harbiy qismdagi qonunbuzarliklar yuzasidan ish qoʻzgʻadi. Maʼlum boʻlishicha, bu yerda oddiy askarlar qul qilib ishlatilayotgan ekan. Aniqrogʻi, askarlarni yaqin atrofdagi qishloqlarga olib borib hojatxona tozalashga, begonalarning mashinalarini taʼmirlashga, ariq kovlashga majburlasharkan. Bajarilgan ishlar uchun komandirlar qurtdek qilib pul sanab olisharkan-u, askarlarga bir tiyin berilmaskan.

Prokuratura harbiy qism komandirini oʻsha zahoti ishdan boʻshatdi. Bir nafar katta leytenant, ikki nafar praporщik bir oy muddatga gaupvaxtaga tashlandi.

Oʻsha oyning oʻzida Tosh-Koʻmir shahridagi Qirgʻiziston favqulodda vaziyatlar vazirligiga qarashli harbiy qism praporщigi shartnoma asosida harbiy xizmatga chaqirilgan askarlarni sababsiz kaltaklashi aniqlandi. Maʼlum boʻldiki, oʻsha kuni praporщik gʻirt mast holatda kazarmaga kirib kelgan. Kazarmada jami 24 nafar askar bor edi. Oʻshalarning 9 nafari praporщikdan kaltak yegan. Tosh-Koʻmir shahar sudi aybdorni 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm eʼlon qildi.

TOK URIB OʻLAYOZGAN ASKAR

Shu yil 19 avgust kuni Moyluv-Suv shahrida joylashgan quruqlikdagi qoʻshinlarga qarashli harbiy qismda shartnoma asosida harbiy xizmatni oʻtayotgan Ruslan Saparboyev ismli askar tok urishi natijasida kuchli kuyish jarohatini olgan. Vrachlar uning ikkala oyogʻini ham kesib tashlashga majbur boʻlishdi. Bosh shtabdagilar esa bu baxtsiz hodisa ekanini aytishdi. Emishki, Saparboyev oʻzboshimchalarcha eshigiga taqiqlovchi belgi qoʻyilgan elektr stansiyasiga kirgan. Ammo prokuraturadagilar bu fikrlarni rad etishdi. Ularning aytishicha, birinchidan, elektr stansiyasining eshigi ochiq boʻlgan. Ikkinchidan, u yerda hech qanday taqiqlovchi belgi boʻlmagan.

Qirgʻizistonning Oʻsh viloyat prokurori oʻrinbosari oʻzini osib qoʻydi… Nega?..

Rasmiy xabarlarda taʼkidlanadiki, haqiqatan Qirgʻizistondagi Oʻsh viloyat prokurori oʻrinbosari Toʻra Kojoshov oʻzini osib qoʻygan. Ammo hozircha fojia sabablari maʼlum qilinmagan. Surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Joniga qasd qilish, “Qul qilib ishlatish, ofitserlar loqaydligi… (yoxud Qirgʻiziston armiyasidagi oʻzboshimchaliklar)