19:14 / 12.09.2018
6 218

Saudiyalik erkak kishi haqiqiy musulmon er qanday boʻlishini koʻrsatib qoʻydi

Saudiyalik erkak kishi haqiqiy musulmon er qanday boʻlishini koʻrsatib qoʻydi
Saudiyalik Shbeyli bin Ahmad Hasan al-Shahriy oʻzining misolida vatandoshlari va dunyodagi dindoshlariga musulmon kishi xotiniga, mehribon er qanday boʻlish kerakligini koʻrsatdi – deya, yozadi Azon.uz.

Ash-Shahriy uylanganiga 11 yil boʻlgan va soʻnggi bir necha yil uning xotini buyrak yetishmovchiligi dardiga chalingan. Ahvoli shu darajaga bordiki, ayolning buyragi deyarli ishdan chiqdi, va unga zudlik bilan buyrak koʻchirib oʻtkazish zarur boʻldi.

Er eng avvalo analiz topshirib, qoni toʻgʻri kelishini tahlillarini aniqlash uchun sinovlardan oʻtgan va uning buyragi xotiniga mos kelishi aniqlangan. “Men gap xotinimni saqlab qolish xaqida ketayotgani uchun, ikkilanmadim. Biz 11 yilda beri birga yashaymiz, men jismoniy ogʻriq nimaligini bilmay yashab kelaman. Men unda ham shunday inom boʻlishini istayman”, – degan donorning soʻzlaridan IslamNews iqtibos keltiradi.

Buyrakni koʻchirib oʻtkazish operatsiyasi podshoh Fahd kasalxonasida boʻlib oʻtib, muvaffaqiyatli yakunlandi. Endi ash-Shahriyning tinmay unga oʻz xotini hayotini uzaytirish imkonini bergani uchun shifokorlar, tibbiyot xodimlariga rahmat va Qodir Allohga shukronalar aytmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiyalik erkak kishi haqiqiy musulmon er qanday boʻlishini koʻrsatib qoʻydi