19 yil ilgari bedarak yoʻqotgan taylik dafn marosimidan ikki yil oʻtgach uyiga qaytdi. Xorij matbuotiga asosan Kun nashri shu haqida xabar berdi.
1999 yilda oʻsha vaqtlar 31 yoshda boʻlgan Somsuk Somin oʻzi yashaydigan Surin provinsiyasini tark etib, qoʻshnisi bilan poytaxtga pul ishlash uchun ketgan. Biroq hamrohi bilimsiz Sominni katta shaharda yolgʻiz tashlab ketgan. Bir necha yil taylik asosan qurilishda ishlab pul topadi.
2015 yilda baliqchi doʻsti Sominga Pxuketda ish taklif qiladi. U rozi boʻladi, manzilga yetgach esa yangi xoʻjayini uning hujjatlarini olib qoʻyadi. Baliq tutish oʻrniga erkakni giyohvand modda tayyorlashga majburlashadi. U yerda arzimagan ehtiyotkorsizlik uchun kaltaklanadi. Shundan keyin Somin Malayziya qamoqxonasiga tushadi. Odam savdosiga qarshi kurashuvchi huquqni muhofaza qilish organlari vakillari uni vataniga qaytarishadi. Politsiyachilar uni kutib olib, uyiga joʻnatishadi.
“Men oʻqishni bilmaganim uchun uyimga kela olmadim. Ammo uyim va onamni juda sogʻindim”, - deydi Somin.
Yaqinlari uning kelganidan qattiq hayratga tushishdi, chunki uni allaqachon vafot etgan deb hisoblashardi. 72 yoshli ona oʻgʻlini koʻrib oʻkirib yigʻladi. Yaqinlari koʻp yillar uni topishga urinishdi, biroq bu urinishlar muvaffaqiyatsiz yakunlanardi. Oxir-oqibat 2016 yilda uning dafn marosimini oʻtkazishdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi