12:27 / 13.09.2018
4 734

Meksikadagi futbol maydonining oʻrtasida yer yorilib, ulkan oʻra paydo boʻldi

Meksikadagi futbol maydonining oʻrtasida yer yorilib, ulkan oʻra paydo boʻldi
Futbol oʻyingohi rahbarlari, futbolchilari ham hayratdan yoqa ushlashardi xolos. Axir, bu dahshat-ku! Xudo koʻrsatmasin, oʻyingohda shunday tubsiz oʻra paydo boʻlsa, futbolchilarni yer yutib ketardi-ku! Nima oʻzi bu? Nega toʻsatdan yer yorildi?..

Bu savolga Mexikoning oʻzidagi mutaxassislar xotirjam javob berishdi. Bu oʻzga sayyoralik ham, arvoh ham, zilzila ham emas ekan. Mexiko zamini ostidan kattakon koʻl oqib oʻtgan. Oʻsha koʻl yerning ustki qismiga qarab tuproq qatlamini boʻshashtirib kelgan. Demak, bugun yemirilish yerning ustki qatlamiga qadar yetib kelgan. Shu sababli yer oʻyilib katta oʻra hosil qilgan.

Biroq baribir mutasaddilar qattiq asabiylashishdi. Yaxshiki, futbol musobaqasi boʻlib oʻtmayotgan ekan. Aks holda qurbonlarning adogʻi boʻlmasdi. Jasadlarni esa tubsiz oʻradan hech kim tortib ola bilmasdi. Xayriyat!

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Meksikadagi futbol maydonining oʻrtasida yer yorilib, ulkan oʻra paydo boʻldi