23:36 / 16.09.2018
4 017

AQSHda XIX asrda barpo etilgan shaharcha sotuvga qoʻyildi

AQSHda XIX asrda barpo etilgan shaharcha sotuvga qoʻyildi
AQSHning Jorjiya shtatida Tumsboro shahri deyarli butunligicha sotuvga qoʻyildi. Xaridor nafaqat turar joylar, balki koʻplab boshqa inshootlar: restoran, mehmonxona, tegirmon va hattoki “opera teatri”ni qoʻlga kiritadi, deb aytilgan Craigslist saytida joylangan eʼlonda.

Shahar 1,7 mln dollarga sotilmoqda. Taʼkidlanishicha, bu qiymat Nyu-York yoki AQSHning boshqa biron yirik shahridagi nufuzli tumandagi kvartira narxiga teng.

Xaridor, shuningdek, paxta saqlash uchun ombor, banket zali, sartaroshxona, eski bank binosi, 1869 yilda qurilgan temir yoʻl deposi, sunʼiy hovuz, artezian chashmasiga ega boʻladi.

“Shaharning hozirgi egalari Tumsboro yaxshi qoʻllarga tushishiga umid qilishmoqda. Shaharning yangi egalari bu joyning oʻziga xosligini va uning tarixiy qiyofasini saqlab qolishlari muhimligini anglashlari lozim”, deb aytilgan saytda. Shaharni sotuvga qoʻyganlar undan turistik maskan va ochiq osmon ostidagi muzey, musiqiy festivallar yoki filmlar suratga olish joyi sifatida foydalanish mumkinligini aytishmoqda.

Tumsboro shahri XIX asrning ikkinchi yarmida temir yoʻl deposi atrofida barpo etilgan. Uning umumiy maydoni 4,9 kv. km ni tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda XIX asrda barpo etilgan shaharcha sotuvga qoʻyildi