14:54 / 17.09.2018
3 938

Rossiyalik oligarx Rotenberg: “Putin bilan eski tanish sifatida “senlab” gaplashaman”

Россиялик олигарх Ротенберг: "Путин билан эски таниш сифатида «сенлаб» гаплашаман"
Rossiyalik biznesmen Arkadiy Rotenberg Vladimir Putin bilan eski tanish sifatida “senlab”, ammo prezident sifatida “sizlab” gaplashishini aytdi, deb yozadi “Daryo”.

“Prezident bilan “sizlab”, oʻzim bolalikdan tanish boʻlgan odam bilan esa “senlab” gaplashaman. Men uni “sizlab” gapirsam, tentaklik boʻlardi”, — dedi Rotenberg “Rossiya 1” telekanalidagi koʻrsatuvda bergan intervyusida.

Biznesmenning soʻzlariga koʻra, uning Putin bilan “taʼsirli munosabatlari” prezidentning atrofidagilarda hasad uygʻotishi amri mahol. “Biz birga oʻsdik, shu sababli bu bizda bolalikdan qolgan. Bu kimdadir hasad tuygʻusini uygʻotadi deb oʻylamayman. Bu bolalik paytimizdan qolgan goʻdaklarcha vaqtichogʻlikdir. Buning umuman Rossiya Federatsiyasi prezidentiga aloqasi yoʻq. Bizning munosabatlarimiz bolalikdan shunday. Prezident esa — umuman boshqa narsa”, — deya aniqlik kiritdi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik oligarx Rotenberg: “Putin bilan eski tanish sifatida “senlab” gaplashaman”