18:56 / 17.09.2018
3 909

Fransuzlar qargʻani chiqindi yigʻishtirishga oʻrgatishdi

Fransuzlar qargʻani chiqindi yigʻishtirishga oʻrgatishdi
Endilikda qushlar farroshlik qilishni boshlashdi. Qargʻalar qanchalik ayyor, oʻyinqaroq va oʻgʻri qush boʻlishi haqida koʻp oʻqigan boʻlishingiz turgan gap. Biroq baʼzi aqlli insonlar ularning ayni shu oʻgʻriligidan foydalanib qolishmoqda.

Qargʻalarni yaxshi bilgan ornitologlar Fransiyaning Lez-Epes qishloqchasidagi Pyui-dyu Fu xiyobonida oʻziga xos tajriba oʻtkazib koʻrishdi. Ular qargʻalarni arzimagan ozuqa evaziga sigaret qoldiqlari, qogʻoz boʻlaklari va boshqa shu kabi mayda chiqindilarni yigʻishga oʻrgatishdi. Bu tajriba oʻzini oqladi va endilikda mazkur xiyobondagi qargʻalarni norasmiy farroshlar deb ham atasak boʻladi.

Toʻgʻri, qargʻalarning oʻzi ham sayyohlar bilan bir qatorda parkni ifloslantirishga hissa qoʻshishadi. Biroq endi ular toʻzgʻitgan joylarini tozalashni ham oʻrganib olishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransuzlar qargʻani chiqindi yigʻishtirishga oʻrgatishdi