09:26 / 18.09.2018
4 190

Putin va Erdoʻgʻan 4,5 soatlik muzokaradan keyin Idlib boʻyicha kelishuvga erishdi

Putin va Erdoʻgʻan 4,5 soatlik muzokaradan keyin Idlib boʻyicha kelishuvga erishdi
Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdoʻgʻanning Sochidagi muzokaralari 4,5 soat davom etdi.

Putin Bocharov ruchey qarorgohida oʻtgan muzokaralarni sermanzmun deb atagan. Bu muzokaralar joriy yilda Putin va Erdoʻgʻan oʻrtasida boʻlib oʻtgan 4-muzokaralar boʻldi.

Putin uchrashuv natijalariga izoh berar ekan, Rossiya va Turkiya Suriyaning Idlib viloyatida qurollangan muxolifat va hukumat qoʻshinlari toʻqnashish chizigʻi boʻylab qurolsizlashtirilgan hudud tashkil etishga kelishib olganini maʼlum qilgan.

Putinning taʼkiddlashicha, ushbu hudud eni 15-20 kmga choʻzilib, 15 oktyabrda tashkil etiladi. Hududni Turkiya qurolli kuchlari boʻlinmalarining harakatchan patrul guruhlari va Rossiya harbiy politsiyasi nazorat qiladi.

Erdoʻgʻanning taklifiga koʻra, ushbu hududdan 10 oktyabrgacha ogʻir texnika, tanklar, yoppasiga oʻt ochish reaktiv tizimlari, barcha muxolif guruhlarning qurol-aslahasi va minomyotlari olib chiqiladi.

Putin tez fursatlarda Suriyada konstitutsiyaviy komissiya faoliyatini taʼminlashga chaqirdi. Rossiya prezidenti, shuningdek, yaqin orada Idlibdagi vaziyatni tartibga solish boʻyicha maslahatlashuvlar boʻlib oʻtishini maʼlum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin va Erdoʻgʻan 4,5 soatlik muzokaradan keyin Idlib boʻyicha kelishuvga erishdi