11:47 / 18.09.2018
8 311

Alyaskaga tashrif buyurgan oʻzga sayyoraliklar vakili

Alyaskaga tashrif buyurgan oʻzga sayyoraliklar vakili
Amerikaning “Central Ohio Paranormal Research Group” birlashmasi mutaxassislari kuni kecha gʻalati maktub olishdi. Maktub egasining yozishicha yaqinda bobosi olamdan oʻtgandi. Uning buyumlarini nazoratdan oʻtkazayotib gʻalati bir fotosurat qoʻliga tushibdi.

Surat juda sifatsiz boʻlsa-da, unda boshi beoʻxshov formaga ega, koʻzlari katta-katta, gumanoidni eslatuvchi kimsa unga qarab turardi. Shundagina maktub egasi bobosi bir paytlar gapirib bergan hikoya esiga tushdi. Oʻshanda qariya yosh boʻlgan shubhasiz, Alyaskada xizmat qilgan. Bir kuni kechqurun koʻlga yaqin joyda, oʻrmondan uzoq boʻlmagan manzilda boshi va koʻzlari beoʻxshov darajada katta bir odamsifat nusxani koʻrib qolgan.

Uning rangi paxtadek oppoq, sochi, burni, quloqlari, ogʻzi, koʻkrak qafasi va kindigi ham boʻlmagan. U nusxa amerikalikni koʻrgan-u, qochishga tutingan. Yaxshiki, oʻshanda fotouskuna bor edi. Ortidan quvib borib boʻlsa-da, suratga olishga ulgurdi. Shundan keyin nusxa koʻzdan gʻoyib boʻldi.

“Central Ohio Paranormal Research Group” birlashmasi olimlari suratni chuqur oʻrganib chiqqach, suratdagi oʻzga sayyoralik degan toʻxtamga kelishdi. Yaxshiki, oʻshanda uning sheriklari kemada kutmayotgan ekan. Aks holda surat ishqiboziga jiddiy ziyon yetkazishlari tayin edi. Olimlar shunday xulosaga kelishdiki, oʻzga sayyoralik gumanoid Alyaskada razvedka ishlarini amalga oshirgan.

Manba: “Hordiq”

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Alyaskaga tashrif buyurgan oʻzga sayyoraliklar vakili