20:14 / 18.09.2018
4 475

Amerikalik ayol velosiped tezligini 300 km/soatga yetkazib jahon rekordini oʻrnatdi (video)

Amerikalik ayol velosiped tezligini 300 km/soatga yetkazib jahon rekordini oʻrnatdi (video)
Amerikalik Denis Myuller-Korenek velosiped tezligini soatiga 295,6 kilometrga yetkazib jahon rekordini oʻrnatdi. Rekord AQSHning Yuta shtatidagi qurib qolgan Bonnevill shoʻr koʻli sathida oʻtkazildi. Uning tekis tuzli yuzasi ishqalanishni kamaytiradi, shu bois bu yerda maksimal tezlik oʻrnatish uchun turli sinovlar oʻtkaziladi.

45 yoshli Myuller-Korenekning velosipedi maxsus sport avtomobiliga mahkamlandi va avtomobil velosiped tezligini soatiga 241 kilometrga yetkazdi. Shundan soʻng velosipedni tortib turgan troslar yechib yuborildi va Myuller-Korenek besh kilometr masofani oʻzi bosib oʻtdi.

Velosiped yengil uglerod materiallardan tayyorlangan boʻlib, maxsus tishli gʻildiraklar oʻrnatilgandi – ular katta tezlikda ham muvozanatni saqlash hamda pedal bir marta tepilganida 40 metrgacha yurish imkonini berardi.

Avvalgi jahon rekordi gollandiyalik Fred Rompelbergga tegishli: u 1995 yilda tezlikni soatiga 268,7 kilometrga yetkazgan. Ayollar oʻrtasidagi rekord esa Myuller-Korenekka tegishli: u 2016 yilda velosiped tezligini soatiga 237,7 kilometrga yetkazgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik ayol velosiped tezligini 300 km/soatga yetkazib jahon rekordini oʻrnatdi (video)