08:01 / 19.09.2018
14 183

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak jasadlarini oʻgʻirlamoqchi boʻlgan rohiblar

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak jasadlarini oʻgʻirlamoqchi boʻlgan rohiblar
(Qanday qilib ispan rohiblarining Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak jasadlarini oʻgʻirlashmoqchi boʻlganlari haqida)

Yovuz niyatli kishilar hamma davrlarda ham boʻlgan. Ular qora niyatlarini amalga oshirish uchun har qanday razillikka tayyor edilar.

Mana shunday badniyat ishlardan biri tarixda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning muborak jasadlarini Andalusga oʻgʻirlab ketmoqchi boʻlgan ispan rohiblarining urinishidir.

Ibn Kasir rohimahulloh “Al Bidoya van Nihoya”da yozishlaricha oʻn chogʻli kishidan tarkib topgan ispan rohiblari musulmonlarning Paygʻambari jasadini Yevropaga olib ketib, shu yoʻl bilan ular orasiga shubha va fitna solish, ummatni boshi berk koʻchaga kiritishga urinish boʻlgan.

Ikki gʻayridin Islom libosi va shiorlari bilan Andalusdan Madinaga keladi. Maqsadlari paygʻambarimizning muborak jasadlarini oʻgʻirlash edi.

Ular bamisoli hajga kelgan musulmon qiyofasiga kirib, Madinaga kirdilar. Masjidun Nabaviyning qibla tarafidan Ravzayi sharifga yaqin yerdagi bir uyga joylashishdi. Namozlarini masjidda oʻqib, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qabrlarini “ziyorat” qilishar, har tongda Baqiʼ qabristoniga, shanba kunlari esa Qubo masjidiga borishardi.

Yurish-turishlari va qilgan ehsonlari bilan xalqning ishonchiga kirgan bu kishilar, Paygʻambarimizning muborak jasadlarini oʻgʻirlash niyatida kechalari, oʻzlari turgan uydan qabri sharif tomon yashirin yerosti yoʻli qaziy boshladilar. U yerdan chiqqan tuproqni xaltalarga toʻldirib, qabrlarni ziyorat qilish bahonasida Jannatul Baqiʼ qabristoniga olib borib toʻkishar edi. Ularning bu ishidan, albatta musulmonlarbexabaredi. Shunday kunlarning birida adolatli hukmdorlardan biri Saljuqli amirlardan boʻlgan Nuriddin Mahmud Zangiy Oqsungur (1146–1174) tahajjud namozini oʻqigach uxlaydi va tushida Paygʻambarimizni koʻradi. Habibimiz ikki begona insonni koʻrsatib:

“Ey Nuriddin meni bulardan qutqar!” deydilar.

Hukmdor bu tushining taʼsiridan baqirgan holda, choʻchib uygʻonadi. Tahorat olib, namoz oʻqib yana uyquga ketadi va ayni tushni yana koʻradi. Ketma-ket uch marta shu tushni koʻrgach, oʻrnidan turib, solih insonlardan boʻlgan vaziri Jamoliddin Muvsiliyni yoniga chaqirdi. Unga koʻrgan tushni gapirib beradi. Oʻzaro maslahatlashib Madinaga borishga qaror qilishadi. Hukmdor, vazir va yigirmata otliq Shomdan Madinaga qarab yoʻlga tushadilar. Kecha-kunduz yoʻl yurib oʻn olti kunda Madinaga kirib kelishadi.Hukmdor tahorat olib, Masjidi Nabaviyga kirib, ikki rakat namoz oʻqiydi va Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ravzalarini ziyorat qiladi. Madina ahli hukmdorning yoniga toʻplanishadi. Shunda vazir:

“Hukmdorimiz, Paygʻambarimizni ziyorat qilish maqsadida keldilar. Oʻzlari bilan Madina ahliga hadyalar keltirdilar. Har bir Madinalikning ismlarini yozib roʻyxat tuzing” deydi. Hammaning ismi yoziladi. Shunga koʻra, hamma birma-bir kelib, oʻz hadyasini ola boshlaydi.

Bundan maqsad hukmdorning tushidagi ikki kishini aniqlash edi. Shuning uchun har bir fuqaro hadyasini hukmdorning huzuriga oʻzi kelib oladi. Hukmdor har bir kelgan odamga diqqat bilan razm soladi. Ismlar roʻyxati tugab, hamma hadyasini olib boʻlgan, lekin hukmdor tushida Paygʻambarimiz ishora qilgan ikki kishi koʻrinmasdi.

“Hadya olmagan biror kishi qoldimi?” deb soʻradi hukmdor.

“Hech kim qolmadi, faqat Andalusdan kelgan ikki “taqvodor” kishi bor. Ular hech kimdan narsa olishmaydi, muhtojlarga sadaqa berishadi” deyishdi.

Shunda hukmdor ularni ham chaqirishni buyurdi. Amir ularni koʻrgach aynan oʻshalar tushida ishora qilingan kishilar ekanini bildi va: “Qayerdansizlar?” deb, soʻradi. Ular: “Andalusdan, haj niyatida kelganmiz, bir muddat Paygʻambarimizga yaqin boʻlishni xohlagandik”, deyishdi.

Hukmdor qayerda turishganini soʻraganida ular masjidning yaqiniga joylashganini aytishdi. Amir ular bilan birga uylariga bordi. Uyda bir qancha bezakli kitoblar, qimmatbaho buyumlarni koʻrdi. Shu asnoda xalq ularni har kun roʻza tutishini, namozlarini masjidda oʻqishini, hech bir tilanchini quruq qaytarmasliklarini aytib ularni maqtashardi. Nuriddin Zangiy xonani koʻzdan kechirar ekan boʻyrani koʻtargandi ostida qazilgan yerosti yoʻli koʻrindi. Bu yoʻl Paygʻambarimizning ravzalariga qadar qazilgandi. Buni koʻrgan xalq xijolatdan aytishga soʻz topa olmay qoldi. Bu xususda hukmdor u ikki kishini soʻroq qildi. Shunda ular haqiqatda musulmon emasliklarini, ularga Paygʻambarimizning jasadini oʻgʻirlab, oʻz yurtlariga olib ketish vazifasi yuklatilganini tan olishdi. Bu qora niyatlariga erishish yoʻlida “taqvodor” qiyofasiga kirib, xalq ishonchini qozongandan soʻng kechalari yer osti yoʻli qaziganliklarini aytishdi va: “Ravzaga yaqinlashgan kechamiz osmonda momoqaldiroq gumburlab, chaqmoq chaqib, shunday bir silkinish vujudga keldiki goʻyo togʻlar oʻrnidan siljib ketdi. Bundan qattiq qoʻrqib ketdik va ertalab sizning kelganingizni eshitdik” deyishdi...

Shu voqeadan keyin Nuriddin Zangiy Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ravzalari atrofiga chuqur xandaq qazdirdi va bu xandaqni eritilgan qoʻrgʻoshin bilan toʻldirib, ravzayi saodatning atrofini qoʻrgʻoshin bilan himoyaladi.

Bu voqea hijriy 557, milodiy 1162-yilda roʻy bergandi.
Muzayyana tarjimasi

Manba: islom.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak jasadlarini oʻgʻirlamoqchi boʻlgan rohiblar