12:25 / 19.09.2018
4 061

Tramp Rossiyaning xatti-harakatlarini “tajovuzkor” deb atadi

Трамп Россиянинг хатти-ҳаракатларини "тажовузкор" деб атади
Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Rossiya tomonining xatti-harakatlarini tajovuzkor deb atadi. Bu haqda u polshalik hamkasbi Anjey Duda bilan matbuot anjumani vaqtida aytib oʻtdi.

Taʼkidlanishicha, AQSH yetakchisidan Rossiya Sharqiy Yevropaga tahdid uygʻotishi borasida savol bilan murojaat qilishgan.

“Mening fikrimcha, bu juda tajovuzkor vaziyat. Rossiya tajovuzkor harakat qilmoqda”, - deya aytib oʻtgan Tramp.

Uning qoʻshimcha qilishicha, Rossiya xuddi boshqa davlatlar kabi kuch va qatʼiylikni hurmat qiladi. Shu bilan birga, AQSH prezidenti Amerika tomoni oʻz qurolli kuchlarini mustahkamlagani va Rossiya bunga hurmat bilan qarayotganiga eʼtibor berishni soʻragan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Amerika biznesi Rossiyadan butunlay chiqib ketishi mumkin ekani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Rossiyaning xatti-harakatlarini “tajovuzkor” deb atadi