12:53 / 19.09.2018
16 524

“Usmoniylar imperiyasi tarixi” turkumidan: “Shahzodalar kushandasi..”

“Usmoniylar imperiyasi tarixi” turkumidan: “Shahzodalar kushandasi..”
Usmoniylar imperiyasi 400 yildan ortiqroq vaqt Janubi-Sharqiy Yevropa, Turkiya, Yaqin Sharqda oʻz hukmronligini saqlab turgan. Shu vaqt oraligʻida imperiyaning hech kim bilmaydigan, bilishi shart boʻlmagan sirlari yigʻilib qolgani endi-endi aniqlanmoqda. Shunday sirlardan biri ham Usmoniylar imperiyasi kunlarning birida inqirozga yuz tutishini taʼminlab bergan boʻlsa ne ajab…

Shahzodalar kushandasi…


Imperiya tashkil topgan dastlabki yillarda taxt vorisligi masalasida aniq va qatʼiy qonun qabul qilinmagan. Shu sababli qaysidir sulton halok boʻlsa, yoki olamdan oʻtsa, shahzodalarning barchasi baravariga taxt tomon talpina boshlagan. Qaysi shahzoda zoʻr kelsa, taxtni egallagan. Qolgan shahzodalar esa yov hisoblanmish davlat tomoniga oʻtib taxt egasi hisoblangan akasi yo ukasiga davlatni boshqarishda jiddiy muammolar tugʻdirgan. Tinchlik bermagan.

Mahmudshoh (tarixda “bosqinchi” nomi bilan shuhrat qozongan) Konstantinopolni bosib olish jarayonida unga qarshi shahzodalardan biri, tugʻishgan togʻasi kurash olib borgan. Albatta, Mahmudshoh harbiy qudrat, jang sanʼati va boshqa jabhalarda ham tengsiz sanalgan. U baribir Konstantinopol (hozirgi Istambul) ni zabt etdi. Imperiya taxtini egallagach, yangi qonun joriy etdi. Qonunga koʻra, taxtni egallagan yangi sultonning barcha erkak qondoshlari, yaʼni, shahzodalar qatl etilishi koʻrsatib oʻtilgandi. Mahmudshohning oʻzi ham taxtni egallagandan soʻng barcha shahzodalarni, hatto, beshikdagi chaqaloq ukasini ham qatl ettirdi.

— Farzandlarimdan qay biri, — deyilgandi qonun joriy etilishi munosabati bilan eʼlon qilingan farmonda. — Imperiya taxtini egallasa, barcha aka-ukalarini oʻldirishi shart…

Shundan soʻng usmoniylar imperiyasi taxtini egallagan har bir yangi sulton aka-ukalarining murdalari osha taxtga oʻtirgan. Tarixiy manbalarda yozilishicha, Mahmud III taxtni egallagach, eng kenja ukasi uni oʻldirmasligini soʻrab yolvorgan. Sultonning qalbi yigʻlardi. Lekin qonunga boʻysunishdan boshqa imkoni yoʻq edi. Ukasining yolvorishlariga javob bera olmagan. Shunday qilib, jami 18 nafar aka-ukalari qatorida kenja uka ham qatl etildi. 19 nafar shahzodaning qimmatbaho matolarga oʻralgan jasadlarini Istambul koʻchalaridan olib oʻtilganda, butun shahar dod solib yigʻlagani tarix zarvaraqlarida alohida qayd etib oʻtilgan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Usmoniylar imperiyasi tarixi” turkumidan: “Shahzodalar kushandasi..”