13:23 / 19.09.2018
4 059

Shimoliy va Janubiy Koreya yetakchilari birgalikda usti ochiq limuzinda aylanishdi (video)

Shimoliy va Janubiy Koreya yetakchilari birgalikda usti ochiq limuzinda aylanishdi (video)
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan muzokara oʻtkazish uchun Pxenyanga tashrif buyurdi.

Kim Chen In va Mun Chje In usti ochiq limuzinda Sunan aeroportidan Pxenyangacha borishdi.

Uch kunlik tashrif davomida Janubiy Koreya prezidenti ikki marta Kim Chen In bilan muzokaralar oʻtkazadi.

Uchrashuv chogʻida ikki davlat oʻrtasida munosabatlarni yaxshilash, denuklearizatsiya va Shimoliy Koreya va AQSH muloqotini rivojlantirish, shuningdek Koreya yarim orolida harbiy keskinlikni kamaytirish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy va Janubiy Koreya yetakchilari birgalikda usti ochiq limuzinda aylanishdi (video)