18:48 / 19.09.2018
4 799

Qozogʻiston Rossiyaga goʻsht olib kirish taqiqlanadigan boʻlsa Oʻzbekiston bozoriga kirmoqchi (video)

Qozogʻiston Rossiyaga goʻsht olib kirish taqiqlanadigan boʻlsa Oʻzbekiston bozoriga kirmoqchi (video)
Agar Rossiyaga chorvachilik mahsulotlarini olib kirish taqiqlanadigan boʻlsa, qozogʻistonlik fermerlar boshqa bozorlarni qidirish niyatida. Xitoy va Oʻzbekiston varianti koʻrib chiqilmoqda, deb xabar beradi Kun.uz.

Qishloq xoʻjaligi vazirligida Qozogʻistondan Rossiyaga chorvachilik mahsulotlari olib kirishni ehtimoliy taqiqlash holati tushunmovchilik, deb izohlandi. Qozogʻistonlik mutaxassislar allaqachon Moskvaga joʻnab ketishgan, u yerda ular muzokara oʻtkazadilar, deya maʼlum qildi hukumatdagi matbuot anjumanida qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari.

“Terra” kompaniyasi rahbari Daulet Axmetkaliyevning soʻzlariga koʻra, Orenburgdagi kombinat ularni mahsulotlarni qabul qilmasligini haqida xabardor etgan. Boshqa bozorlarga yetkazib berish qoʻshimcha transport xarajatlarini talab qiladi. Joriy yilda Koʻstanay oblasti 300 tonnadan ortiq goʻshtni eksport qildi. Baʼzi fermerlar Rossiyaga mahsulot yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzdilar.

“Aftidan, qandaydir tushunmovchilik bor. Barcha shartnomalar, kerakli jarayonlarga amal qilmoqdamiz. Shu sababli, haftaning oxiriga kelib, bu masalaga yechim topilishi mumkinligiga ishonchim komil. Eslatib oʻtaman, Rosselxoznadzor 1 noyabrdan boshlab Qozogʻistondan barcha chorvachilik mahsulotlarini import qilishga taqiq kiritdi. Buning sababi, mahalliy yetkazib beruvchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda goʻshtning kelib chiqishini aniqlash imkoni boʻlmayapti. Boshqacha aytganda, eksport toʻliq kuzatilmayapti. Ushbu mahsulotlar Rossiya isteʼmolchilarining sogʻligʻiga xavf tugʻdiradi, deya maʼlum qilishgan idoradan. Moskvadagi tahlildan soʻng hujjatsiz chorvachilik mahsulotlari «sanksiya” davlatlaridan olib kirilishi mumkin degan, xulosaga kelishdi», - deydi Qozogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari Arman Yevniyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozogʻiston Rossiyaga goʻsht olib kirish taqiqlanadigan boʻlsa Oʻzbekiston bozoriga kirmoqchi (video)