12:44 / 21.09.2018
4 616

Putin bayonot qildi: Rossiya iqtisodiyoti “yorib chiqishi” kerak

Путин баёнот қилди: Россия иқтисодиёти "ёриб чиқиши" керак
Rossiya oʻz iqtisodiyotida, ijtimoiy sohada, rossiyaliklar hayoti sifatini yangi darajaga olib chiqadigan, “yorib chiqadigan” taraqqiyotga erishmogʻi darkor - oʻzgarishlar barcha hududlarda roʻy beradi, deb taʼkidladi RF prezidenti Vladimir Putin Sergey Sobyaninning Moskva meri etib tayinlanishiga bagʻishlangan tantanali tadbirda.

“Juda koʻp ishlar amalga oshirildi, siz hozir aytganingizdek, hali koʻp ishlarni amalga oshirishimiz kerak. Rossiya - iqtisod, texnologiyalar, ijtimoiy sohada ulkan taraqqiyotga erishmogʻi darkor. Bu oʻzgarishlarning asosiy maqsadi — fuqarolarimizning hayoti darajasi va sifatini koʻtarishdir. Bu oʻzgarishlar mamlakatning barcha hududlarida roʻy beradi, poytaxtning umummilliy masalani hal etishga qoʻshadigan hissasi, albatta, hamisha juda yuqori boʻladi”, - dedi Putin.

“Moskva — tarixan oʻzgacha shahar. Bu yerda ilm, taʼlim, biznesga oid ulkan salohiyat jamlangan. Aynan shu narsa bizning poytaxtimizga dunyoning eng yetakchi megapolislari bilan muvaffaqiyatli raqobatlashishga imkon yaratadi”, - deb qoʻshimcha qildi prezident hamda Moskva taʼlim boʻyicha yetakchi pozitsiyada turishi kerakligini eslatib oʻtdi.

Moskva merligiga saylovlar 9 sentyabr kuni boʻlib oʻtdi. Yakuniy maʼlumotlarga koʻra, Sergey Sobyanin 70,17 % ovoz toʻpladi, u uchun 1 million 582 ming 762 kishi ovoz berdi.

Sobyanin birinchi marta 2010 yilning oktyabrida, 18 yil davomida poytaxtga rahbarlik qilib kelgan va prezident ishonchini yoʻqotganligi tufayli muddatdan oldin isteʼfoga chiqarilgan Yuriy Lujkov oʻrniga Moskva meri lavozimini egallagan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin bayonot qildi: Rossiya iqtisodiyoti “yorib chiqishi” kerak