14:10 / 21.09.2018
3 526

“Facebook AQSH maxsus xizmatlari quroliga aylanmoqda”

“Facebook AQSH maxsus xizmatlari quroliga aylanmoqda”
Facebook koʻz oʻngimizda AQSH maxsus xizmatlarining axborot makonini Vashingtonga maʼqul boʻlmagan kontentdan tozalash boʻyicha maxsus qurolga aylanib bormoqda, deb bayonot qildi RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston xabar bermoqda.

“(Mark) Sukerbergning farzandi ...bizning koʻz oʻngimizda axborot makonini rasmiy Vashingtonga maʼqul boʻlmagan kontentdan axborot makonini tozalash boʻyicha AQSH maxsus xizmatlari boshqaruvida boʻlgan qurolga aylanib bormoqda“, - deb aytdi Zaxarova.

Misol tariqasida Zaxarova Facebook ijtimoiy tarmogʻi va Atlantik Kengash oʻrtasida joriy yilning may oyida “butun dunyo boʻyicha saylovlarga ijobiy taʼsir koʻrsatish toʻgʻrisida“ tuzilgan bitimni keltirib oʻtdi.

“Ey yigitlar, bu nimasi? Axir bu shunchaki manipulyatsiya, bu yolgʻon, ular “yangi media“larga ham, axborotni tarqatish erkinligiga ham ishonishadi... Yuz millionlab, balki koʻproq odamlar ushbu ijtimoiy muhit ishtirokchilariga aylanishdi va ular bu tarmoqqa ishongan bir vaqtda ulardan shu tariqa foydalanishmoqda“, - deb oʻz noroziligini bildirdi Zaxarova.

Zaxarovaning soʻzlariga koʻra, erkin demokratik saylovlar va axborot makonining tozaligi uchun kurashuvchilar bugungi kunda boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashib, haqiqatdan yiroq boʻlgan axborotlarni tarqatish bilan shugʻullanmoqda.

“Boshqa mamlakatlar, xususan Rossiya nomiga qilinayotgan dalilsiz ayblovlar esa, oʻzlarining mana shu turdagi harakatlari uchun niqob boʻlib xizmat qiladi“, - dedi Zaxarova.

Ayol bu borada Facebook ijtimoiy tarmoq, mutasaddi xalqaro tuzilmalar va huquqni himoyalovchi tashkilotlar reaksiyasini eshitishni juda xohlashini qoʻshimcha qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Facebook AQSH maxsus xizmatlari quroliga aylanmoqda”