17:47 / 21.09.2018
4 722

Erkak tez yordam mashinasining keksa haydovchisini doʻpposladi (video)

Erkak tez yordam mashinasining keksa haydovchisini doʻpposladi (video)
Videorolikdagi kadrlardan koʻrish mumkinki, Volkswagen tez yordam mashinasi uchun yoʻlni toʻsib qoʻygan, shundan soʻng tajovuzkor erkak haydovchiga tashlangan. Hodisa Olmaota shahrida yuz berdi, deb xabar qilmoqda Kun.uz.

Shu payt maxsus mashinada ikki nafar yoshi katta ayol boʻlgan, ular shifoxonaga olib ketilayotgan edi.

Qozogʻiston sogʻliqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov roʻy bergan hodisadan soʻng qisqa muddat ichida qoidabuzarni topish haqida talab qoʻydi.

Keyinchalik tajovuzkor erkak jabrlangan Nikolay Kuchma va barcha qozogʻistonliklardan uzr soʻradi.

Turkiya fuqarosi Ali Demirning tushuntirishicha, stress holatida boʻlgan, shuning uchun oʻzini nazorat eta olmagan. Uning taʼkidlashicha, roʻy bergan voqeadan juda uyalmoqda, bu holatda yaqinlari jabrlanishini xohlamaydi.

OAV maʼlumotlariga koʻra, erkakning rafiqasi va besh oylik qizi bor, ular Qozogʻiston fuqarolari sanaladi.

Qayd etilishicha, tez yordam mashinasi haydovchisi koʻngil aynishi va bosh aylanishi tufayli shifoxonaga yotqizilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erkak tez yordam mashinasining keksa haydovchisini doʻpposladi (video)