11:21 / 22.09.2018
4 376

Kiyev Donbass boʻyicha baʼzi tafsilotlarni oshkor qildi

Kiyev Donbass boʻyicha baʼzi tafsilotlarni oshkor qildi
Ukraina TIV rahbari Pavel Klimkin Kiyev va gʻarbdagi sheriklar fikricha, Donbassdagi tinchlikparvarlik missiyasi qanday boʻlishi kerakligini aytib oʻtdi. U bu haqda Radio NV efirida maʼlum qildi, deya xabar beradi Kun.uz.

Klimkinning maʼlum qilishicha, rejada Donbassda harbiylar, politsiyachilar va xalqaro maʼmuriyatning boʻlishi nazarda tutiladi. Shu bilan birga, uning aytishicha, politsiyachilar hamda xalqaro maʼmuriyat masalasi “megaprinsipialdir”.

Uning soʻzlariga koʻra, Donbassdagi tinchlikparvarlar boʻyicha rezolyutsiya loyihasi Ukraina va uning gʻarbdagi sheriklaridan alohida boʻlishi lozim. Uning taʼkidlashicha, bunday loyiha “ancha avval” tayyorlab qoʻyilgan.

Ukrainalik vazirning qoʻshimcha qilishicha, tinchlikparvarlik operatsiyasi bosqichma-bosqich kechishi kerak.

“Biroq, umuman olganda, bu faqat maʼlum bir missiyalarni qoʻriqlaydigan tinchlikparvarlar boʻlishi kerak emas... Tutash chiziq boʻylab oʻtiradigan tinchlikparvarlar shart emas... Egallab olingan barcha hududga bosqichma-bosqich, biroq kirib borish jarayoni boʻlishi lozim”, - deya aytib oʻtdi Klimkin.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiyani “ovozni oʻchirishga” chaqirgan Britaniya vaziri Donbassga kelgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kiyev Donbass boʻyicha baʼzi tafsilotlarni oshkor qildi