13:42 / 22.09.2018
4 182

Oʻgʻri pashshalarga talanishdan koʻra politsiyaga taslim boʻlishni afzal koʻrdi

Oʻgʻri pashshalarga talanishdan koʻra politsiyaga taslim boʻlishni afzal koʻrdi
Amerikaning Viskonsin shtatiga qarashli Kempbellsport aholi yashash punktidagi doʻkondan spirtli ichimliklar oʻgʻirlagan oʻgʻri mashinasiga oʻtirdi-yu, gazni bosdi. Ammo qayerdan chiqdi, bilmaydi, politsiyachilar ortidan quvlab kelishayotganini koʻrib qoldi.

Oʻgʻri makkajoʻxorizorga yetganda, mashinani toʻxtatib, qoʻlidagi oʻgʻirlangan spirtli ichimliklarni qoʻltiqlagancha makkajoʻxorizor ichiga oʻzini urdi. Afsuski, buzoqning yugurgani somonxonagacha degan gap toʻgʻri ekan. Makkajoʻxorizor chaqadigan oq pashshalarga toʻla ekan. Oʻgʻrini talay ketishdi. Ogʻriqqa chiday olmagan oʻgʻri uyogʻiga qayerga qochishni ham bilmayotgandi. Qoʻlidagilarni tashladi-yu, pashshaga talangandan koʻra politsiyachilarga taslim boʻlishni maʼqul koʻrdi.

Hisoblab chiqishsa, u soʻnggi bir necha oy ichida doʻkonlardan jami 1,5 ming dollarlik spirtli ichimlik oʻmargan ekan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oʻgʻri pashshalarga talanishdan koʻra politsiyaga taslim boʻlishni afzal koʻrdi