Foto: “RIA Novosti”
Kecha, 21 sentyabr kuni vafot etgan Vyetnam prezidenti Chan Day Kuang kam uchraydigan, ammo toʻliq davolashning imkoni boʻlmagan virus tufayli vafot etgan, deb yozgan mahalliy gazeta “VnExpress” Vyetnam Sogʻliqni saqlash vazirligi vakiliga tayanib.
Vyetnam Sogʻliqni saqlash vazirligi markaziy boshqarmasi boshligʻi Nguyen Kvok Chiyeuning aytishicha, prezident kam uchraydigan virus bilan kasallangan.
Uning soʻzlariga koʻra, davlat rahbari 2017 yil iyul oyida kasallangan. Shundan beri olti marta Yaponiyaga borib davolanib kelgan.
“Yaponiyalik mutaxassislar va shifokorlar bir yil davomida prezidentni davolashdi. Lekin uni toʻliq tuzatadigan dori yoʻq. Borlari bilan ham faqat bu kasallik kuchayishining oldini olish mumkin”, – degan Nguyen Kvok Chiyeu.
Shu kunlarda uning sogʻligʻi yomonlashgan va shifoxonaga tushib qolgan. Prezident 17 soat mobaynida koma holatida yotgan va oʻziga kelmagan.
Chan Day Kuang 62 yoshida Xanoya markaziy shifoxonasida olamdan oʻtgan.
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?