09:55 / 23.09.2018
5 155

23 yil qullikda yashagan qirgʻizistonlik ayol ozod etildi

23 yil qullikda yashagan qirgʻizistonlik ayol ozod etildi
Qirgʻizistonlik 51 yoshli Zuura Boltoyeva 1995 yili ishlab pul topish ilinjida Qirgʻizistondan Qozogʻistonga joʻnab ketgandi. Oʻzining aytishicha, musofir yurtda qilmagan ishi qolmagan. Tamaki paykallarida ter toʻkkan, mol, qoʻy boqqan. Ishqilib duch kelgan ishni bajargan. Kunlarning birida turmushga chiqqan va eri bilan 11 yil birga yashashgan. Oʻrtada qiz farzand dunyoga kelgan. Peshona ekan, eri tuyqusdan oʻlim topdi.

Ana shundan keyin Zuuraning shoʻriga shoʻrva toʻkildi. Qaynotasi va qaynsinglisi qizini undan tortib olishgan. Oʻzini esa haydab solishgan. Yana koʻchada qolgan ayol ishga yollangan. Yollangan-u, qullikka tushgan. Uni ishga olgan xoʻjayinlar it kuniga solishardi. Kecha-kunduzlab ovqatsiz qolib ketardi. Itdek ishlardi, qorni ovqatga toʻymasdi. Hatto, yovvoyi mahluqlar ham ijirgʻanadigan joylarda uxlashga majbur edi.

Mana, nihoyat qirgʻizistonlik mutasaddi tashkilot vakillari xayrli ishga qoʻl urib oʻzga mamlakatlarda qullikda xoʻrlanayotgan yurtdoshlarini qidirib topishga bel boylashdi. Ularning sharofati bilan Zuura vataniga qaytish, opasi Burmakan Boltoyevani koʻrishga muyassar boʻldi.

Toʻgʻri, opa-singillar ancha vaqtgacha bir-birlariga tikilib yigʻlashdan nariga oʻta olishmadi. Keyin esa…

Baxtning erta-kechi yoʻq deyishadi-ku!..

Zuura dunyodagi barcha boquvchisi yoʻq, moddiy ahvoli ayanchli odamlarga murojaat etib, hech qachon qullikka tushib qolmasliklarini tiladi. Yaratganga yuborgan sinovlari uchun beadad shukr qildi!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 23 yil qullikda yashagan qirgʻizistonlik ayol ozod etildi