17:20 / 23.09.2018
6 029

Qozogʻistonda birinchi marta pedofil kimyoviy yoʻl bilan bichib qoʻyildi

Qozogʻistonda birinchi marta pedofil kimyoviy yoʻl bilan bichib qoʻyildi
Qozogʻistonning Turkiston viloyatida pedofilga nisbatan qoʻllaniladigan birinchi kimyoviy bichish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda RIA Novosti Qozogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligiga asosan xabar qildi.

2016 yil aprelda Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev bolalar huquqi himoya qilishga qaratilgan qonunchilikka koʻplab oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutgan hujjatlarni imzoladi.

Bu normalarning bir qismi, shu jumladan, kimyoviy kastratsiya 2018 yil 1 yanvardan kuchga kirdi.

Bosh prokuratura maʼlum qilishicha, sud qaroriga asosan sudlangan shaxs shahvoniy ehtiyojini pasaytiradigan preparatlarni isteʼmol qilishga majburlanadi. Bu norma voyaga yetmagan shaxslar bilan jinsiy aloqa qilish boʻyicha jinoiy huquqbuzarlik sodir etgan, 18 yoshdan oshgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin.

Qozogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, shahvoniy istakni kamaytiradigan choralar sud qarori asosida tibbiyot tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun 2018 yilda davlat byudjetidan 27 ming dollar ajratilgan.

Bir nafar shaxsni kimyoviy kastratsiya qilish uchun yiliga oʻrtacha 350 dollar ajratiladi.

“2018 yil 8 oy yakuni boʻyicha Turkiston viloyatidan bir dona buyurtma kelgan. Turkiston psixnevrologiya dispanseri maʼlumotiga koʻra, bugungi kunda kimyoviy kastratsiya qilish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda”, - deb taʼkidlandi vazirlikda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi kimyoviy kastratsiya qoʻllash qoidalarini ishlab chiqdi. Ular 2018 yil boshidan kuchga kirdi.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozogʻistonda birinchi marta pedofil kimyoviy yoʻl bilan bichib qoʻyildi