18:26 / 23.09.2018
3 970

Ruhoniy harbiy paraddagi teraktda Amerikaning qoʻli borligini aytmoqda

Ruhoniy harbiy paraddagi teraktda Amerikaning qoʻli borligini aytmoqda
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Amerika Qoʻshma Shtatlari Eronda beqaror vaziyat yaratishdan manfaatdor ekanligini aytib oʻtgan. Reutersʻning xabariga koʻra, prezident bu gapni BMT Bosh assambleyasida qatnashish uchun Nyu-Yorkka parvoz qilish uchun shaylana turib aytgan.

Ruhoniyning fikricha, AQSH tomonidan dastaklanayotgan Fors koʻrfazi davlatlari Erondagi hukumatga qarshi etnik ozchiliklarga moliyaviy va harbiy koʻmak koʻrsatib kelishmoqda.

“Mintaqadagi ushbu qoʻgʻirchoq davlatlar Amerika tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda va Qoʻshma shtatlar turli fitnalarni hosil qilish uchun ularga kerakli mablagʻlarni ajratadi”, — deya Eron yetakchisining soʻzlarini keltirmoqda agentlik .

Ruhoniy Eron sodir boʻlgan vaziyatga qonunchilik doirasida javob berishini ham taʼkidlab oʻtgan.

Ilgariroq AQSH Ahvozda sodir boʻlgan teraktdan soʻng Eronni qoʻllashini izhor etgan edi.

22 sentyabr shanba kuni ertalab Eronning janubiy-gʻarbiy qismidagi Ahvoz shahrida harbiy paradda qatnashayotganlarga terrorchilik hujumi uyushtirildi. Hujum natijasida 29 kishi halok boʻlgan, 50dan ziyod kishi jabrlangan.

Terak uchun masʼuliyatini ISHID terrorchilik guruhi oʻz zimmasiga olgan, biroq Tehrondagilar ISHIDning bunga aloqasi yoʻqligini taʼkidlashmoqda. Eron hukumati maʼlum qilishicha, “Ahvozdagi arab vatanparvarlari demokratik harakati” guruhi aʼzolari ushbu teraktni sodir etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ruhoniy harbiy paraddagi teraktda Amerikaning qoʻli borligini aytmoqda