11:12 / 25.09.2018
5 891

Amerikada ikki boshli rostakam ajdaho paydo boʻldi…

Amerikada ikki boshli rostakam ajdaho paydo boʻldi…

Amerikaning Virginiya shtatiga qarashli Richmond shahrida yashovchi erkak oʻzining mevazor bogʻida ikki boshli ajdaho ilon yurganini koʻrib qoldi. Shu zahoti ilon ovlovchilarni chaqirtirdi. Ular ajdahoni tutib shtatning yovvoyi hayvonlarni himoya qilish markaziga olib borishdi. Markaz doktori, gerptolog Ernesto ajdaho ilonni nazardan oʻtkazdi va laboratoriya sharoitida hamkasblari bilan birga oʻrganib chiqishdi.

Tekshiruvlar shuni koʻrsatdiki, ilonning chap boshi oʻngdagiga nisbatan ancha faol harakatlanarkan. Lekin yemishni yutish masalasida oʻng boshi yaxshi ishlarkan. Ajdahoning boshi ikkita boʻlishiga qaramay, yuragi bitta, oʻpkasi ham boshqa jonzotlardagi kabi bir juftlikdan iboratligi aniqlandi.

Olimlarning aytishicha, ikki boshli ajdaho ilonlar mustaqil hayotda uzoq yashay olishmaydi. Bu ilon yashab keta olsa, mutaxassislar uni jahon ahliga albatta namoyish etishmoqchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikada ikki boshli rostakam ajdaho paydo boʻldi…