21:45 / 25.09.2018
4 295

Samolyotda janjal koʻtargan Qirgʻiziston vazir oʻrinbosari bilan bogʻliq voqea yangicha tus oldi (foto)

Samolyotda janjal koʻtargan Qirgʻiziston vazir oʻrinbosari bilan bogʻliq voqea yangicha tus oldi (foto)

Qirgʻiziston TIV mamlakatning Koreyadagi elchisi Qilichbek Sultonni diplomatik axloq meʼyorlarini buzishda aybladi. Elchi Seulda yuqori mansabli qirgʻizistonlik amaldorning samolyotda janjal koʻtargani tafsilotlarini ommaga eʼlon qilgan, deb xabar berdi Kun.uz.

Avvalroq OAV Qirgʻiziston mehnat va ijtimoiy rivojlanish vaziri oʻrinbosari Zuurakan Kadenova “Eyr Astana” aviakompaniyasining Seul-Olmaota yoʻnalishi boʻyicha parvoz qilishi kerak boʻlgan samolyotda janjal chiqargani haqida xabar bergandi. Guvohlarning taʼkidlashicha, yuqori lavozimli amaldor bort kuzatuvchilar bilan janjallashib, ularga diplomatik pasportini koʻrsatgan. Oqibatda ekipaj sardori ayolni reysdan olishga qaror qilgan. Oʻsha kuniyoq mamlakat bosh vaziri Kadenovani lavozimidan ozod qilgandi.

Foto: 24.kg/Qilichbek Sulton
Dushanba kuni Qirgʻizistonning Koreyadagi elchisi Qilichbek Sulton Bishkekda matbuot anjumani oʻtkazib, vazir oʻrinbosari bilan bogʻliq voqea tafsilotlarini maʼlum qildi. U Qirgʻiziston prezidenti maʼmuriyatidan qoʻngʻiroq qilishib mazkur voqea haqida gapirmaslikni talab qilishganini aytgan. Shuningdek Qilichbek Sulton TIV rahbariyati va Qirgʻizistonning Malayziyadagi elchixonasi xodimlari 2015-2016 yillarda qator qonunbuzilishlarga yoʻl qoʻyishganini maʼlum qilgan.

Qirgʻiziston TIV Qilichbek Sulton "yana bir bor davlat xizmatchilarining oʻzini tutish tartibini nazorat qiluvchi qonunchilik meʼyorlarini va diplomatik axloq meʼyorlarini buzganini taʼkidladi. Vazirlik shuningdek, elchining oʻzi xizmat vazifasida qonunchilikni buzgani haqida maʼlumotlar borligini, ular tekshirib chiqilib tegishli organlarga topshirilishini bildirdi.

Elchining oʻzi prezident Sooronbay Jeenbekov fuqarolarni korrupsiya haqida ochiq gapirishga chaqirganini, shuning uchun mamlakat tashqi ishlar mahkamasidagi qonun buzilishlari haqida ochiqchasiga gapirganini aytdi va prezident uni qoʻllab-quvvatlashiga umid bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Samolyotda janjal koʻtargan Qirgʻiziston vazir oʻrinbosari bilan bogʻliq voqea yangicha tus oldi (foto)