23:53 / 25.09.2018
5 190

“Hayot Habib bilan jangdangina iborat emas. Tilingga ehtiyot boʻl” - Makgregorni ogohlantirishdi

“Hayot Habib bilan jangdangina iborat emas. Tilingga ehtiyot boʻl” - Makgregorni ogohlantirishdi

Chechenistonlik MMA jangchisi Huseyn Xaliyev irlandiyalik Konor Makgregorga videomurojaat qilib, u rossiyalik Habib Nurmagomedov bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytgan gaplari uchun javob berishini bildirdi.

“Konor, sen laqmalik boʻyicha katta usta ekansan. Bunga matbuot anjumanini koʻrib ishonch hosil qildim. Bu laqmaliging Irlandiya, Amerika va yana qayerdadir oʻtadi. Ammo Checheniston yoki Kavkaz haqida gap borganida nimani gapirish mumkin, nimani gapirish mumkin emasligini oʻylashing kerak. Aytgan soʻzlaring uchun qafas ichida yoki uning tashqarisida javob berishingga toʻgʻri keladi”, — dedi Xaliyev.

Xaliyev chechenlar oila yoki biror kishisining shaʼnini toptaganlarni hech qachon kechirishmasligini taʼkidladi. “Shuning uchun tezroq tavba qilib kechirim soʻrashingni maslahat beraman, hayot Habib bilan jangdan soʻng tugab qolmaydi. Agar katta sarguzasht izlamayotgan boʻlsang, tilingga ehtiyot boʻl”, — dedi Xaliyev.

21 sentyabr kuni boʻlib oʻtgan matubot anjumanida Makgregor Nurmagomedov shaʼniga haqoratli soʻzlarni aytdi. Bundan tashqari u Checheniston rahbarini diktator deb atadi.

Nurmagomedov va Makgregor oʻrtasidagi jang 6 oktyabr kuni Las-Vegasda boʻlib oʻtadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Hayot Habib bilan jangdangina iborat emas. Tilingga ehtiyot boʻl” - Makgregorni ogohlantirishdi